Qimorbozlik özganing mulkini özlaştirişdan qolişmaydigan illat. Uning ne-ne kirdikorlarga qodirligi boisdir nafaqat qonun taqiqlagan, balki şariatimiz ham qattiq qoralaydi.
Buning asl mohiyatini tuşunib yetmagan kişi yöq, aslida. Ammo tuşunib, bilib turib yomonlikka yul oçib beruvçilar topiladi.
Namangan viloyati Norin tumanida yaşovçi Xabibullo Usmonov öziga tegişli bölgan oşxonadan kelayotgan daromadga harom aralaştirişdan orlanmadi. U qimor öynaş uçun şaroit yaratib berişni iltimos kilgan mahalladoşlarining beradigan 50.000 puliga qiziqdi-yu, jamiyat qonun-qoidalari, qolaversa şariat taqiqini nazar-pisand etmadi.
Yomonliklarning umri qisqa. Xayriyatki, bu holatga öz vaqtida çek qöyildi. Qimorbozlar öyin vaqtida uşlanib videotasmaga ham olindi. Ammo X.Usmonov bundan meni xabarim yöq edi, deya vaziyatni xaspöşlamoqçi böldi. Vaholangki, uning qimorbozlarga bir neça bor çoy taşigani, nos uçun idiş olib kirganligini körgan guvohlardan taşkari pul uçun kelişganligini isbotlovçi dalillar mavjud.
Albatta, bu masalaning bir tomoni ikkinçi tomoni esa yomonlik yöliga birinçi qadam bölgan qimorbozlik ortidan, içkilikbozlik, tortişuv va janjallar, fojeaviy holatlar kelib çiqmasligiga kafolat beriş mumkinmi? Aslo!
Demak oqibatning oldi öz vaktida olindi. Bundan aslida oşpaz ham manfaatdor.
Bugun u 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi bilan siylandi. X. Usmonov bu jazodan xatosini tuşunib yetişga yetarli xulosa oladi deb umid kilamiz, albatta.
Zotan, tirikçiligi manbai bölgan oşyonni halol saqlaş inson uçun fazilatdir.
Jasurbek Qurbonov,
Jinoyat işlari böyiça Norin tuman sudining raisi









