Rossiyada çaqaloğini daryoga taşlagan özbekistonlik ayolga çora körildi

Rossiyada çaqaloğini daryoga taşlagan özbekistonlik ayolga çora körildi

Rossiyada farzandini daryoga taşlab yuborgan 36 yoşli özbekistonlik ayol qölga olingandi. Sankt-Peterburg sudlarining birlaşgan matbuot xizmati hodisa haqida qöşimça maʼlumot berdi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Rossiya Jinoyat kodeksining 106-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan Nargiza Hamroyevaga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanlaş töğrisida qaror qabul qilingan. Tegişli çora 22 noyabrdan qöllaniladi.

Öz navbatida, Hamroyeva sudga sodir etgan qilmişidan puşaymonligini, yaşirmasligini, ikkita yoş bolasi borligini tuşuntirgan va boşqa ehtiyot çorasi tayinlaşni söragan.

Maʼlumot uçun, Nargiza Hamroyeva 1 haftalik qidiruv işlaridan söng Rossiyaning Ijora qişloğidagi supermarketdan unça uzoq bölmagan Pavlovskaya köçasidan topilgan. U 22 sentyabr kuni qişloqdagi daryo yaqinida joylaşgan butalar içida farzandini dunyoga keltirib, paketga solgan va suvga taşlab yuborgan.

Avvalroq Rossiyada özbekistonlik erkakning jasadi topilgani va Rossiyada oğzida ğişt bölagi bölgan özbekistonlik erkakning jasadi aniqlangani maʼlum qilingan. Şuningdek, Rossiyadagi dökonlarning biridan özbekistonlik ayolning jasadi çiqqani haqida xabar berilgan.

×