Şavkat Mirziyoyev: «Yaqinda yana köplab rektorlarni işdan olamiz»

Şavkat Mirziyoyev: «Yaqinda yana köplab rektorlarni işdan olamiz»

31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasida olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va işlab çiqariş sektori vakillari bilan uçraşgan prezident Şavkat Mirziyoyev oliy taʼlim masalasida fikr bildirdi.

«Yaqinda köp rektorlar işdan olinadi. Mening stolimda turgan maʼlumotlarga köra, bu rektorlar bilimi, saviyasi va vatanparvarlik darajasi bilan rektor böliş u yoqda tursin, hatto qorovul bölişga arzimaydi», – deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat rahbari Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida ötkazilgan attestatsiya natijalarini ham eslab ötdi.

«Bugun oliy öquv yurtlari rahbarlariga söz berişga vaqt bölmadi. Avvalgi yiğilişlardan birida men «Narxoz» haqida gapirdim. U yerda xodimlarning 60-65 foizi attestatsiyadan ötmagan. 20 yil davomida farzandlarimizni vijdon, bilim va maʼlumotga ega bölmagan odamlar öqitişdi. Bu bolalar nima böladi? Qayerga boradi? Ular qayerda işlaydi? Banklarda işlaş imkoniyatiga ega böla oladilarmi? Yöq», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezidentning fikriça, bank sohasi mutaxassislari malakasining pastligi Toşkent moliya instituti va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida ilmiy salohiyatning yetişmasligi bilan boğliq.

«Men nega banklarimizni çet elliklarga bermayapman? Nega ularning banklarini kiritişga şoşilmayapman? Çunki ular hozir kirib keladigan bölsa, bizning banklar mijozsiz qoladi», – dedi davlat rahbari.

Şu bilan birga, taʼkidlanişiça, rektorlar va boşqa universitet xodimlarini qamoqqa oliş bilan korruptsiyani butunlay yöq qilişga erişib bölmaydi.

«Biz eng avvalo, atrof-muhitni özgartirişimiz kerak. Öqituvçilar yoş, raqobatbardoş talabalarga bilim bera olmasligidan uyalişlari kerak. Bu gaplardan har bitta universitet rahbari xulosa çiqarişi kerak.

Bizga şu yurtni biladigan, sevadigan, sadoqatli va halol kadrlar kerak», – deb taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.

×