Namangan viloyat IIBda viloyat içki işlar organlarining 2019 yil yakuni böyiça tezkor xizmat faoliyati natijalari hamda kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Bu haqda IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda Içki işlar vazirining örinbosari, polkovnik Ayubxon Rahmatullayev hamda boşqarma boşliğining örinbosarlari, mustaqil boşqarmalar, sohaviy xizmatlar rahbarlari, şahar-tumanlardagi barça içki işlar bölimlari boşliqlari va boşqa sohaviy xodimlar iştirok etdi.
Namangan viloyat IIB boşliği Odil Otaxöjayev 2019 yil davomida viloyat hududida jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini oliş, xavfsizlikni taʼminlaş va jamoat tartibini saqlaş borasida içki işlar organlari tomonidan qator ijobiy işlar amalga oşirilgani, şu bilan birga, ayrim kamçiliklarga ham yöl qöyilganligini taʼkidlab ötdi.
Viloyatda umumiy jinoyatlar sonini kamaytirişda Prezident taşabbusi bilan yaratilgan yangiça tizim — hokimlik, prokuratura, Milliy gvardiya va jamoatçilik tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oşirilgan profilaktik tadbirlar samarasi ölaroq yil yakuniga kelib viloyatdagi 775 ta mahallaning 198 tasida jinoyat sodir etilişiga yöl qöyilmaganligi eʼtirof etildi.
Şu bilan birga, yilning ikkinçi yarmida tezkor xizmat faoliyat susaygani va profilaktik tadbirlar yetarli ötkazilmagani oqibatida yil söngida ayrim hududlarda turli oğir körinişdagi jinoyatlar soni oşgan.
Bu kabi masʼuliyatsizlikni oldini oliş maqsadida qöl ostidagi xodimlar xizmatini töğri taşkil eta olmaslik, tezkor-profilaktik tadbirlarni öz holiga taşlab qöyganlik va boşqa kamçiliklar kuzatilgan rahbar xodimlarni lavozimidan ozod qiliş, şuningdek, xizmat vazifasiga masʼuliyatsiz yondaşgan xodimlarga nisbatan hayfsan va boşqa tegişli intizomiy çoralar körilişi taʼminlandi.
Jumladan, şu kabi kamçiliklarga yöl qöygan Namangan şahar IIO FMB 1-sonli IIB boşliği egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Şu bilan birga, viloyat hududida namunali jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarlik va jinoyatçilikni hamda qonun buzilişini oldini olişda xizmat vazifasiga vijdonan va sidqidildan yondaşib, boşqalarga örnak böla olgan xodimlar munosib rağbatlantirildi.
Ikki soatdan köproq davom etgan yiğiliş yakunida viloyat IIB boşliği tomonidan kelgusida barça vazifalar ijrosi qatʼiy nazoratga olinib, belgilangan muddatlarda axborot berib borilişining taşkillaştirilişi yuzasidan tegişli körsatmalar berildi.









