Qadim zamonlardan beri insoniyat, jinoyat sodir etişda gumon qilinganlarning gaplaridagi haqiqatni yolğondan ajratiş yöllarini izlaganlar. Tarixga nazar taşlasak uşbu usullarning turli xil körinişlari mavjud bölib, hozirgi kunda ularning aksariyati şafqatsiz hisoblanadi.
Baʼzilari esa insonlarning yuzida tabassum paydo qiladi. Biroq ota-bobolarimizning kuzatuvçanliklari va zukkoliklarini inkor etib bölmaydi. Tekşiruvning barça usullari tergov jarayonida şubhali şaxsning taşqi körinişida namoyon bölgan fiziologik reaktsiyalariga asoslangan. Masalan, Afrikada gumon qilinuvçilar qabila aʼzolarining köz öngida söroq qilinib, qabila boşliği yoki sehrgar söroq qilinuvçini omma oldida hidlab körgan holda tekşirgan, agar gumon qilinuvçining tanasidan ter hidi çiqqan bölsa demak u aybdor deb topilgan.
Şarqda esa gumon qilinuvçini söroq qiliş jarayonida yolğon sözlangan bölsa, uni oğziga guruç unini solişgan. Agar gumon qilinuvçining oğzidagi un tergovdan söng quruq bölsa, u aybdor deb topilgan. Çunki kuçli hayajon va qörquv paytida oğizdagi tupik suyuqligi töxtaydi. Taniqli örta asr şifokori Avitsenna esa tergovçilardan haqiqatni yaşirişga uringan jinoyatçining qon tomir pulsiga katta eʼtibor qaratgan. Bundan taşqari eşak bilan inson psixologiyasiga asoslangan yana bir qiziqarli usul: qoronğu xonaga dumi böyagan hayvon qöyilgan. Şu xonaga kiritilgan gumon qilinuvçi eşakni dumidan uşlaşi kerak bölgan, agar eşak qiçqirsa, unda odam aybdor hisoblangan. Keyin şaxsni yoruğlikka olib çiqişib, uning qöllariga qaraşgan. Agar qöllar toza bölsa, odam aybdor deb topilgan – çunki u eşakni dumidan uşlamasdan jinoyatni yaşirişga harakat qildi, – deb hisoblaşgan. Gap şundaki aybsiz odam qöllari böyalişiga qaramasdan eşak dumini uşlaşdan qörqmaydi. Va bu öz davrida haqiqatdan ham yolğonni aniqlaşning kiçik usullaridan biri bölgan.
Gumon qilinuvçining sözlaridagi yolğon yoki haqiqatni aniqlaşda ilk bor qöllanilgan ilmiy qurilma bu – gidrosigmograf bölgan. Yolğon gapira boşlagan paytda yurak uriş tezligi va qon bosimining özgarişini qayd etuvçi uşbu qurilmani işlatişga qaror qilgan birinçi olim, psixolog Çezare Lombrozo edi. Bu voqea 19-asrning oxirida bölgan.
1921 yilda politsiya ofitseri, psixolog Jon A. Larson jinoyat işlarini tergov jarayoniga gumon qilinuvçilarni söroq qilişda şaxslarning qon bosimi, yurak uriş tezligi va nafas olişidagi özgarişlarni aniqlaydigan yolğon detektorni qöllaşni taklif qildi. Larson özining yolğonni aniqlaydigan asbobini “poligraf” deb atadi. Aytgança, bu atama ança oldin Jon Xokins (1804) tomonidan özi ixtiro qilgan qölda yozilgan yozuvlardan nusxa köçiriş dastgohi nomiga qöyilgan.
Uşbu atama “yunon” tilidan olingan ikkita sözdan yaʼni “köp” va “yozmoq” deb tarjima qilinuvçi sözlardan iborat. 1926 yilda, J. Larsonning şogirdi va izdoşi Leonard Kiler, gumondorning fiziologik parametrlaridagi özgarişlarni qayd qiluvçi siyoh qalam bilan birga işlovçi poligrafning yangi, takomillaştirilgan versiyasini taklif qildi. 1938 yilda olimlar tomonidan poligrafga terining özgarişini qayd qiladigan yana bir kanal qöşildi. Keyinçalik Keyeler muşaklarning titroqlari kanalini taqdim etdi. 1939 yilda patent berilgan Keyeler kanali zamonaviy poligrafning prototipiga aylandi.
Olimlarning Keyeler poligrafiyasini yanada takomillaştiriş böyiça yigirmaga yaqin fiziologik körsatkiçlarni qayd etuvçi urinişlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Zamonaviy “yolğonni aniqlovçi” detektor yettita körsatkiçdagi özgarişlarni muvaffaqiyatli qayd eta oliş imkoniyatiga ega.
Yigirmançi asrning oxirida qalam, siyoh yoziş, anʼanaviy va raqamli poligraflar mavjud edi. 21-asrning qurilmasi esa – bu kompyuter poligrafi bölib, u gumon qilinuvçiga savollar berilganida uning tanasida bir qator fiziologik parametrlarning özgarişini ölçaydigan va yozib beradigan maxsus moslamalar ulangan sensor bilan jihozlangan edi. Taʼkidlaş joizki, natijalarning aniqligi qayd qilingan körsatkiçlar soniga boğliq. Tekşiruv davomida olingan körsatkiçlar, normadan çetga çiqiş va unda yolğonning belgilari bor yoki yöqligi töğrisida xulosa beruvçi poligraf tekşiruvçisi tomonidan belgilab boriladi. Bugungi kunda, yuz yil avvalgi kabi, poligraf – yolğonni aniqlaşning eng samarali vositasi bölib, undan jinoyatlarni foş qilişda samarali foydalanilmoqda. Poligraf tekşiruv natijalari yordamçi usul bölişiga qaramasdan, ayrim rivojlangan mamlakatlarda dalil sifatida taqdim etilişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti









