Bolalik davrlarimni eslayman. U paytlar hamma narsa boşqaça rangda böladi. Ayniqsa, töy-marosimlar. “Bitta mulla, bir kalla qand”, deganlaridek, töy qiliş hozirgidek qiyin masala emasdi.
Öqigan ertaklarimizda esa podşolar qirq keça-kunduz töy qilib, unda mingta tuya va mingta qöy söyib, kambağallarga tarqatgani aytilardi... Tinç yurtda yaşayapmiz, halqimizning egni butun, dasturxonimiz tökin. Ammo tan oliş ham kerak, keyingi paytlarda elning oğziga tuşgan ayrim töylarni kuzatsak, öşa ertaklarda podşolar tomonidan qilingan xatti-harakatlar ayrim fuqarolar tomonidan takrorlanayotgani odamni ajablantiradi. Oxirini suriştirsangiz, öğlini uylantiriş yoki qizini çiqariş uçun oila kattalari, erkak yoki ayol horijda maşaqqat çekayotgan, musofirlikda yurgan böladi. Kim uçun, 1000 kişilik töy uçunmi? Odamlar maqtab gapirişlari uçunmi? Arzimagan yaltir-yulturlar uçunmi? Bular yoşlarning baxtli yaşaşlari uçun kafolat böla oladimi?
Albatta, har bir davrning öziga xos anʼanalari, odatlari va marosimlari böladi. Yoşimiz ulğayib, hayotda maʼlum bir poğonani egallab, qiz uzatib, kelin tuşirib, şu narsaga amin böldikki, qölimiz oçiqligi, saxiyligimiz haddan ortib, endi dunyoga kulgi bölişni boşladik. Aniqroği, xorijliklar bizdagi isrofgarçiliklarni körib, bizni mazax qilyapti.
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qöşma qaror bu muammoga yeçim böladi, deb öylayman. Har narsada çegara, meʼyor bölgani yaxşi.
Töylarni ixçam, kamçiqim va kamxarj tarzda ötkaziş, milliy qadriyatlarimizga mos bölmagan turli odatlardan voz keçiş va buni yoşlar ongiga singdirib boriş oliy taʼlim tizimida yoşlarga saboq berayotgan biz kabi professor-öqituvçilarning ham asosiy vazifalaridan biri, deb bilaman. Şuningdek, oliy taʼlim muassasalari öqituvçilari, ziyolilar bu borada barçaga örnak bölişi kerak.
Auditoriyaga kirganda, talabalar bilan muloqot davomida, turli tadbirlarda özimiz hayotda guvoh bölgan voqealar, ibratli hodisalar va hayotiy tajribalarimizdan ularga gapirib berişimiz, yoşlarning saboq olişlari va hayotda notöğri yölni tanlamasliklari uçun avvalo, özimiz ularga ibrat bölişimiz kerak.
Asadulla DAMINOV,
veterinariya fanlari doktori, professor
Manba: zarnews.uz









