Boş vazir ayrim gazçi va MIBçilarni gazni talon-toroj qilişda şerik bölayotganini aytdi

Boş vazir ayrim gazçi va MIBçilarni gazni talon-toroj qilişda şerik bölayotganini aytdi

Bugun, 11 yanvar kuni Boş vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri kun.uz maʼlumotiga tayanib xabar qildi.

Yiğilişda gaz va elektr energiyasiga zarar yetkazayotganlar, ularni talon-toroj qilayotganlar xususida gapirildi. Aripov respublikaning ayrim hududlarida gaz va elektr energiyasini öğirlayotgan korxonalarni nomma-nom sanab bergan. Ular asosan ohak, moy, ğişt işlab çiqaruvçi korxonalardir.

"Nima, öşa yerdagi gazçilar bilmaydimi buni? Yoki Majburiy ijro byurosi xodimlari qayerga qarayapti? Şerik-da! Şerik! Şunça pullik gazni bir kunda öğirlab bölmaydi-ku!", - dedi Boş vazir.

Şuningdek, bunady işlarning sodir bölişiga sohaga adaşib kelib qolgan nopok insonlar sabab bölayotgani taʼkidlandi. Ular bu işlarga şerikligi, yoki öğirlanişga şaroit yaratib berilgani aytildi.

Yiğilişda gaz va elektr energiyadan noqonuniy foydalanib zarar yetkazayotgan isteʼmolçilarni muntazam OAVda körsatib boriş böyiça hudud rahbarlariga topşiriq berildi.

×