Özbekistonlik 27 yoşli ayol oilasi bilan ajraşdi. Bunga sabab qaynotaning tegajoğligi bölgan. Bu haqda ayolning özi Repost naşriga sözlab berdi.
Nasiba (ismi özgartirilgan) 20 yoşida turmuşga çiqqan. Garçi u sevib turmuş qurmagan bölsada eri unga mehribon bölgan. Ayol u yerda erining ota-onasi, akasi, ovsini va ularning bolalari bilan yaşagan. Oila katta bölgan. Nasiba turmuşining uçinçi oyidan boşlab oilada daxşatli holat boşlangan.
Bir kuni Nasiba uy işlarini qilayotganda ovsini va qaynotasining yotoqxonada qilayotgan işidan şokka tuşgan. Öşa kuni uyda ulardan boşqa heç kim bölmagan. Nasiba nima qilişini bilmay qörqib yuravergan. Uşbu voqeadan bir oy ötib esa qaynotasi Nasibaga ham tegajoğlik qila boşlagan. Şu tariqa qaynota bu keliniga ham şilqimlik qilavergan. Nasiba esa bu haqda eriga aytib bergan, lekin u işonmagan. Şunda Nasiba vannaxonaga kuzautv kamerasi qöyib qaynotasining şilqimligini körsatgan. Nasibaning eri dastlab juda ğazablangan, tuşkunlikka tuşgan va uydan çiqib ketgan. Oradan 2 soat ötib qaytib kelgan va otasining bunday harakat qilişiga Nasibaning özi sababçi ekanini aytib, otasi unday qilmasligini bildirgan. Öşa holatdan söng Nasiba u uydan ketiş payiga tuşgan. Bölgan holatni ota-onasiga aytib bergan va ular Nasibaga işongan.
Ayolning ota-onasi qaynonasiga ham holatni aytib bergan, lekin ona bunga işonmagan. Şundan söng Nasibaning otasi ajraşişni tezlaştirişni, aks holda mahallaga şarmanda qiliş bilan qörqitgan. Nasibaning eri esa gap söz bölişidan qörqib, u bilan ajraşişga rozi bölgan.
Hozir Nasiba 27 yoşda. Qandolat fabrikasida işlamoqda. U endi turmuşga çiqsa ota-onasidan alohida yaşaydigan, mustaqil fikriga ega inson bilan taqdirini boğlamoqçi. Nasiba birinçi turmuşidan olgan psixologik jarohatidan hali qutilgani yöq.









