Habib Nurmagomedov 100 ming dollarga sotgan futbolka Otabek Umarovning klubida ekanligi maʼlum böldi

Habib Nurmagomedov 100 ming dollarga sotgan futbolka Otabek Umarovning klubida ekanligi maʼlum böldi

Habib Nurmagomedov va Dastin Pore örtasidagi jangda amerikalik sportçi kiygan, keyinçalik (sentyabr oyida) kimoşdi savdosida 100 ming dollarga sotilgan futbolka Toşkentda ekanligi maʼlum böldi.

Habib jangdan söng raqibidan qabul qilib olgan futbolkani 100 ming dollarga sotganini Twitter’dagi sahifasi orqali maʼlum qilgandi. U bundan tuşgan mablağni esa Porega tegişli The Good Fight Foundation jamğarmasiga ötkazişini aytgan.

Russia Today’ning xabar qilişiça, mazkur libos ayni damda Toşkentdagi BeFit maşğulot zalida saqlanmoqda. Bu haqida Özbekiston MMA assosiatsiyasi rahbari Otabek Umarov naşrga bergan intervyusida taʼkidlab ötgan.

«Bizga bu futbolkani sovğa qilişdi. Men bu futbolkaning joyi şu yerda, yaʼni nafaqat havaskor, balki professionallar şuğullanadigan joyda bölişi kerak degan qarorga keldim», — deydi Otabek Umarov.

Bu futbolkani aynan kim sovğa qilgani nomaʼlum. Habib Nurmagomedov boşçiligidagi guruh Toşkentga kelgan vaqtda bu futbolkani sovğa tariqasida taqdim etilgani taʼkidlagan MMA assotsiatsiyasi rahbari. Umarovning Russia Today’ga bergan intervyusida taʼkidlanişiça, uni sovğa qilgan odam ismi sir bölib qolişini istagan.

×