Makgregor jangining çiptalari bir kunda sotilib ketdi

Makgregor jangining çiptalari bir kunda sotilib ketdi

Aralaş janglar böyiça eski çempion Konor Makgregor oktagonga qaytmoqda. Irlandiyalik 2020 yilning 18 yanvar kuni  Las-Vegasda amerikalik Donald Serrone bilan töqnaşadi.

Insayder Kevin Loyl yozişiça, UFCning mana şu jang uçun çiqarilgan çiptalari bir kun içida sotilib ketgan. Tuşgan pul — 10 mln. dollar!

Konor Makgregor UFC doirasidagi 25 ta jangidan 21 tasida raqiblarini yer tişlatgan. 2018 yilning 6 oktyabridan beri esa «taʼtilda» — öşa kuni özi Habib Nurmagomedovdan qaqşatqiç mağlubiyatga uçragandi.

×