Qirğizistonning Saylov va referendumlar ötkaziş böyiça Markaziy komissiyasi parlament saylovlari natijalarini haqiqiy emas deb topdi.
Qirğizistonda parlament saylovlari 4 oktyabr kuni bölib ötdi. 5 oktyabr kuni Bişkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga öta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyişlari boşlandi. Mitingni tarqatişga uriniş vaqtida norozilik aktsiyasi namoyişçilari va kuç tuzilmalari örtasida töqnaşuvlar boşlandi. Respublika SSV maʼlumotlariga köra, 590 kişi jarohat olgan, bir kişi halok bölgan.
“2020 yil oltinçi oktyabr kuni Qirğiz Respublikasining Saylov va referendumlar ötkaziş böyiça Markaziy komissiyasi Qirğiz Respublikasi Jogorku Keneşga saylovlarda ovoz beriş natijalarini haqiqiy emas deb topdi”, - deyilgan xabarda.
Saylovda 56,5 foiz ovoz beruvçilar iştirok etişdi. Ovoz berişning dastlabki yakunlariga köra, mamlakat parlamentiga törtta: "Birimdik" ("Birlik", hukumat partiyasi) 24,52% foiz, "Mekenim Kirgizstan" ("Ona Qirğiziston", hukumat partiyasi) 23,89%, "Qirğiziston" 8,73% va "Butun Kirgizstan" ("Yagona Qirğiziston) partiyasi 7,11% ovoz bilan ötgan. Qolgan partiyalar öta olmagan.









