Kördim, çiroqni yoq!
Şunaqa latifani bilasiz-a? Çiroq öçganidan birovning haqini yeb qöyadi kimdir.
Ana şu latifa asosidagi tomoşani bugun Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumani (yana!) Jeynov şaharçasidagi 850-Kattapoy saylov manzilida sahnalaştirib, çiroyli qilib öynab berişdi. Bu haqda yozuvçi va bloger Karimberdi Töramurod Feysbuk sahifasida yozdi.
Bloger yozmoqda:
"Sahnalaştiruvçi rejessyor: saylov manzili raisi (balki hokimdir, balki oti keyinroq aytiladigan nomzoddir).
Boş rollarda: saylov komissiyasi aʼzolari.
Tomoşani tasvirga oluvçi: UzLiDeP kuzatuvçisi Murodbek Yomğirov.
Tomoşaning qiziq joyini aytib bera qolamiz. Aynan şu joyini tasvirga oliş uçun Murodbek 12 soat tik turib, tarixiy lahzalarni poylagan!
Xullas, soat 20:00. Çiroq lip etib öçadi.
– Kördim! Çiroqni yoq! – deb baqiradi kimdir.
Çiroqni yoqişsa, saylov qutisiga “poçka-poçka” byulletenlar boğlami bilan “qöşilib” qolibdi.
Ana şu joyini qoyilmaqom qilib öynaş uçun qança aktyorlik mahorati, qança maşq, qança dovyuraklik kerak? Tuman elektroseti bilan til biriktira oliş kerak! Axir çiroq ölgurni aynan 20:00 da öçirişning özi böladimi?
Xullas, “poçkalab” taşlangan byulletenlarni ajratib olişayotganda stsenariy böyiça, ularning ustiga qolgan byulletenlar soçilib ketişi kerak edi. Ammo bu tomoşa yoqmaganlar “poçkalar”ning katta qismi, taxminan 75 foizini ajratib olişga ulguradilar. Natija?
Natijaga qarang: Qaşqadaryo viloyat kengaşi deputatligiga nomzod Begaliyev Abduvohid Turdialiyeviç foydasiga 400 dan ortiq oldindan töldirib “poçkalangan”, saylov qutisi teşigidan taşlangan bölişiga işoniş uçun odam sal ovsarroq bölişi talab etiladigan byulletenlar boğlami “çetga olib qöyildi”.
Şu yerda tomoşa tugadi! Ammo...
Ammo bu Jeynovda tugadi. Qolgan saylov manzillarida ham bugun 20:00 da çiroq öçirilgan-ku? U joylarda “Kördim, çiroqni yoq”, deydigan Murodbeklar yöq edi-ku? Boşqa manzillarda qaysi tomoşalar körsatildi ekan?
Meni boşqa savol qiynaydi: Bundan kim yutdi?
Saylov komissiyasidagilarmi?
Menimça, yöq! Murobek butun dunyoga körsatgan “tomoşa”ning montaj emasligi, boşqa yildan qolgan kadlar emasligi isbotlansa, saylov uçastkasidagilar kamida qamaladi!
Begaliyev Abduvohid Turdialiyeviçmi?
Yana yöq! Çunki uning nomi bugun bulğandi. “Poçka-poçka” qoğoz bilan bulğandi! Öyinning boşidanoq ğirromlik qilgan deputat saylangandan keyin nimalar qilişini bugun butun dunyo bilib böldi!
Tuman ahlimi?
Yana yöq! Şusiz ham oti otning qaşqasidek bölib qolgan tuman yana bir marta şarmanda böldi.
Viloyatmi? E, yöq! Yangi hokim bundan xabar topsa, juda yommmmon qiladi!
Saylov taşkilotçilarimi?
Afsuski, eng köp yutqizgan şular böladi. Çunki, endi bu yerda saylov boşqatdan ötkaziladi. Yana taşviş, yana boş oğriq, yana xarajat...
Eng yomoni, boşqatdan böladigan saylovga minglab kuzatuvçi keladi.
Eng qiziği, boşqatdan böladigan saylovda Begaliyev Abduvohid Turdialiyeviçning nomzodi, menimça, bölmaydi.
Ammo bularning hammasi mening fikrim!
Mening fikrim esa, hamişa “kattakon”larning fikridan boşqaça bölgan!
Hatto ularning “Yangi Özbekiston – Yangi saylovlar!” degan fikridan ham. “Yangi saylovlar – Eski öyinlar!”
(Murodbekning jonli efiri havolasini qöygan edim, "invalid" bölib qoldi. Şu boladan xabar olinglar, yana çiroq öçdi, şekilli. Kim biladi, Qaşqadaryoda çiroq öçganda nima işlar böladi! Yaxşiyam saqlab qöygan edim, mening çiroğimni öçira olmasalar kerak...)"
Uşbu feleton yuzasidan Qaşqadaryo viloyat saylov komissiyasi xabar berdi:
Fasebook ijtimoiy tarmoğining “Xalq bilan muloqot” guruhidagi bloger Karimberdi Turamurodning “Kördim, çiroqni yoq!” sarlavhali xabar Qaşqadaryo viloyat saylov komissiyasi tomonidan örganildi.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146-moddasida saylov komissiyalari aʼzolari tomonidan saylov hujjatlarini qalbakilaştiriş, saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritiş, berilgan ovozlarni ataylab notöğri hisoblaş uçun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Jinoyat kodeksining 10-moddasida qilmişida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir şaxs javobgarlikka tortilişi şart deb taʼkidlab ötilgan.
Xabar va unga ilova qilingan video tasvirdagi maʼlumotlar huquqiy baho berilişi uçun Mirişkor tuman prokuraturasiga taqdim etildi.
Qayd etib ötiş joizki, Saylov kodeksining 96-moddasida saylov davomida yöl qöyilgan, ovoz beriş yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari böyiça yoxud ayrim saylov uçastkalari böyiça haqiqiy emas deb topilişi mumkinligi belgilangan.









