Namanganda öquvçilar darsdan çaqirib olinib, çiqindilarni tozalaşga majbur qilingani rostmi?

Namanganda öquvçilar darsdan çaqirib olinib, çiqindilarni tozalaşga majbur qilingani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiqörğon tumanidagi 11-umumtaʼlim maktabi öquvçilari darsdan çaqirib olinib, çiqindilarni tozalaşga, yaʼni majburiy mehnatga jalb qilinayotgani haqida xabar va videolavha yoritildi. 
Namangan viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi Axborot xizmatining xabar berişiça, mazkur xabar  viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Videoda keltiririlgan  holatlarni  xolis  va haqqoniy örganib çiqiş va tegişliça hal etiş yuzasidan Namangan viloyat xalq taʼlimi  boşqarmasi tomonidan işçi guruhi tuzildi. Işçi guruh masalaga oydinlik kiritadi va ijobiy hal etiş çoralarini köradi.
Mazkur holat yuzasidan qonuniy tarzda, yaʼni mehnat qonunçiligi doirasida munosabat havola etgan holda nafaqat öquvçilarni, balki öqituvçilarni ham majburiy mehnat va boşqa jamoat işlariga jalb etişga yöl qöymaslik viloyat xalq taʼlimi boşqarmasining doimiy diqqat-markazida va jiddiy eʼtiborida bölişini maʼlum qilamiz.
Örganiş natijalari maʼlum qilinadi

×