Hokimlarning 2020 yildagi rejalari qanday? Bu savol bilan QALAMPIR.UZ Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga yuzlandi.
“2020 yilda Namanganning Respublika sanoatidagi uluşini 5 foizga olib çiqmoqçimiz”, deya yangi yilda amalga oşirilişi közda tutilgan rejalarni oçiqladi viloyat hokimi.
Viloyat sanoatini yuksaltiriş, viloyatning Respublika sanoatidagi uluşini 5 foizga olib çiqiş hokimlikning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu körsatkiç 2017 yilda 2,3 foizni taşkil qilgan. Bunda, eng avvalo, mahalliy tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, xorijiy sarmoyani jalb etişda investorlarga yetarli şaroit yaratib beriş közda tutilgan.
Bu yil 5,5 mingga yaqin kiçik sanoat korxonasi faoliyatini davom ettirmoqda. Kelgusi yilda buni 7 mingga olib çiqiş rejalaştirilgan. Viloyatga kiritilgan investitsiya miqdori 2019 yil yil yakuni böyiça taxminan 300 million AQŞ dollarini taşkil etayotgan bölsa, 2020 yilda bu miqdorni kamida 500 million AQŞ dollariga yetkaziş rejalaştirilgan. Mana şularning hisobiga öz-özidan yangi iş örinlari ham paydo böladi.
Ikkinçi yönaliş sifatida quriliş sohasiga eʼtibor kuçaytiriladi. Bu işlarni amalga oşiriş uçun mahalliy va çet el quruvçi taşkilotlari mazkur sohaga jalb qilinadi. Ayniqsa, xorijliklar bilan katta loyihalarni bunyod qiliş boşlangan. Şulardan biri hindistonlik investorlar bilan olib borilayotgan “Namangan square” loyihasi bölib, loyiha 9 qavatli 32 ta uy, 16 qavatli 2 ta biznes markazi, ingliz tilida öqitiladigan hind maktabi, 3 ta zamonaviy körinişga ega bölgan boğça, golf klublari va boşqa binolardan iborat böladi.
Maʼlumotlarga köra, loyiha 18 gektardan iborat bölib, u mukofotga sazovor bölgan meʼmor Hafiz Kontraktor tomonidan işlab çiqilgan va “Man Painting India” nomi bilan tanilgan NFC, Farğona vodiysining mohiyatini aks ettiruvçi anʼanaviy va madaniy qadriyatlarning uyğunlaşuvidan kelib çiqqan holda turar joy va tijorat makoniga aylanişni maqsad qilgan.
Şuningdek, Nanay sayyohlik zonasini taşkil qiliş, brend mehmonxonalar sonini köpaytiriş, xizmat sifatini oşiriş ham asosiy 2020 yil rejasida mavjud, deydi viloyat hokimi. Nanay sayyohlik zonasi Turkiyaning şaharsozlik, arxitektura va muhandislik yönalişida faoliyat yurituvçi “IDEALIST” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.
Zafarbek Solijonov
Qalampir.uz









