Toşkent aeroportida «Uzbekistan Airways» kompaniyasiga tegişli samoletning katta bortkuzatuvçisini jarohatladi.
Maʼlum bölişiça, şu yil 8 dekabr kuni Moskvadan Namanganga uçayotgan samolet Namangan va Farğonada ob-havo yomon bölganligi uçun Toşkentga soat 17:41 da köndirilgan. Ob-havo yaxşilanavermagaç ularning Namanganga uçiş vaqti ham çözilavergan. Bu vaqt oraliğida esa fuqarolarga kompensatsiya tölab beriş natijasida ayrimlar yer usti transportida Namanganga ketgan, qolganlar esa aeroportda uçiş vaqtini kutgan. Samoletning uçiş vaqti dastlab 9 dekabr soat 10:00 ga, söngra 12:00 ga va 14:00 ga ham köçirilgan. Şu tariqa yölovçilar aeroportda qolib ketavergan. Lekin samolet uçavermagaç ayrim agressiv yölovçilar samoletning katta bortkuzatuvçisiga taşlangan va unga jarohat yetkazgan. Şundan söng jarohatlagan yölovçi ayol hamda 5 nafar yölovçi samoletdan çetlatilgan.
Uzoq kutişlardan söng samolet 9 dekabr soat 15.35da Namanganga uçgan va 16:03da “Namangan” aeroportiga qöngan.
Kompaniyaning maʼlum qilişiça kutiş jarayonida fuqarolarga ikki mahal ovqat berilib yer transportida ketgan fuqarolarga kompensatsiya tölangan. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda esa heç qanday yordam körsatilmagani va xatto kompensatsiya tölanmagani va yölovçilardan uzr ham söralmagani aytilmoqda. Taʼkidlaş joiz, kompaniya rasmiy axborotida ham yetkazilgan noqulayliklar uçun uzr söralmagan.
manba: everyday.uz









