Bugun Samarqandda birinçi MDH turistik yarmarkasi boşlanadi

Bugun Samarqandda birinçi MDH turistik yarmarkasi boşlanadi

Samarqandda birinçi MDH  turistik yarmarkasi - ikki kun davomida (9-10 iyul) bölib ötadi.Bugun Samarqandda ilk bor MDH  davlatlarning birinçi turistik yarmarkasi boşlandi.

Tadbirning asosiy maqsadi – MDH mamlakatlari örtasida qöşma turizm loyihalarni sonini orttiriş, “hamkorlik va ahil qöşniçilik” ruhini qöllab-quvvatlaşdir,- deyilgan rasmiy xabarda.

Şu bilan birga, mazkur tadbir dasturi “MDH davlatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi çaqiruvlar va imkoniyatlar” deb nomlangan Halqaro ilmiy-amaliy seminarni ham öz içiga oladi.

Tadbir taşkilotçilari – Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, MDH Ijro qömitasi, Taşqi işlar vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi.

Turistik yarmarkada tegişli vazirlik va idoralar, mahalliy hukumat organlari, diplomatik korpuslar vakillari, Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan xalqaro taşkilotlar, turistik biznes vakillari, şuningdek, mahalliy va çet el OAV vakillari iştirok etadi.

Eslatib ötamiz, MDH turizm kengaşining oldingi majlisi 2018 yilning 10-11 avgustida Duşanbeda bölib ötgan edi. Uşbu kengaş  çoğida Özbekiston Turizmni rivojlantiriş qömitasi navbatdag majlisni Samarqandda ötkazişni taklif qilgan edi.

×