Abduqodir Muhammadrasul ismli Facebook foydalanuvçisi tadbirkorlarning katta muammolaridan birini kötaribdi. Biz uşbu postni özgartirişsiz eʼtiboringizga havola qilyapmiz.
“Yoşligimda akalar aytişardi: “Har oyda “köçaga” pul beriş kerak. Seni himoya qilişadi“.
Keyinçalik “köça” ham, “uy” ham davlatni özi böldi. Har oyda pul berib borardik. Himoya qilişardi.
Kimdan?
Özlaridan, albatta.
Pul bermagan savdogarni dökoniga “köça”lar kelar, bir ayb topib jarima solib ketişardi. Bir akamiz bir yil pul bermadilar. Rosa xursand yurdilar. Biz har oyda 150 dan berib borardik. Yil oxirida akamiz dökonlariga kelib uç kun poylab, oxiri çek urmaganlari bois jarima soldi hamda 1500 ga aʼzo qilib ketdi.
2008 yil.
Tumanga “dolya”sini berib borar edik. Dökonga bir oila kirdi. Xaridlar qilişdi. Hatto farzandiga ham narsalar olişdi. Hisobda dollar berib çiqişdi. “Xaridorlar” oçgan eşikni soliqçilar yopişdi. “Respublikadanmiz!“.
Tumanga qönğiroq qildik. “Aka, bizlarga pul berişingizni aytmang iltimos! Bizni kuçimiz yetmaydi. Özingiz hal qilib oling“. 4000 norasmiy jarima va 5-10 dona eski kiyimlardan rasmiy jarima solişdi.
Rahbarimiz öşa haqiqiy köçalarni qumsab qoldilar. “Ular bölganida gapiga javob berardi. Bosmaçi bölsa ham mard edi. Pul berganga tegmasdi...“.
Uç yil avvalgi janozadan keyin bunday yozilmagan qoidalar yöq bölgandi. Şu davr mobaynida birovga bir söm bermadik. Belgilangan soliqlarni tölab odamdek işladik. Keça “köçalar” kelişibdi. Yanvar oyidan yana tayyorgarlikni körarmişmiz...“
Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bu vaziyatga oydinlik kiritişiga umid qilamiz.









