Yekaterinburgdagi özbeklar rus şoumenining "Eşak" restoranini buzmoqçi bölişdi

Yekaterinburgdagi özbeklar rus şoumenining "Eşak" restoranini buzmoqçi bölişdi

Rossiyalik aktyor va şoumen Sergey Svetlakov RBK kanaliga bergan intervyusida Yekaterinburgdagi özbek diasporasi vakillari bilan yuzaga kelgan noxuş vaziyat haqida gapirdi.

Svetlakov Yekaterinburgda "Işak" ("Eşak") deb nomlangan restoran oçgan.

Aktyorning aytişiça, restoranga kelganlar uning oynalarini sindirib, buzib taşlaş bilan tahdid qilişdi. Özbekistonliklarga yoqmagan jihat restoran nomida — "eşak" söz özbeklar orasida negativ maʼno kasb etadi.

Svetlakov ularga "eşak" sözi maşhur xalq oğzaki ijodi qahramoni Xöja Nasriddin bilan doim birga kelişi, Toşkent markazida (aktyor adaşib ketgan, bu haykal Buxoroda - sof.uz) hatto haykal örnatilganini aytdi.

Svetlakovning maʼlum qilişiça, muzokaralar natija bermagaç, keyingi safar Markaziy Osiyolik mehmonlar şoumenning restoraniga qurol bilan kelib, tahdid qilişdi. Şoumen politsiyaga murojaat qilgandan söng konfliktlar töxtadi.

Svetlakov: "Öz şahrimda menga nima qilişni örgatişlari yoqmadi", dedi.

×