Tojikiston Qozoğistonda işlab çiqarilayotgan vertolyotlarni sotib ola boşladi

Tojikiston Qozoğistonda işlab çiqarilayotgan vertolyotlarni sotib ola boşladi

Qozoğistondagi “Yevrokopter Qozoğiston Injiniring” qozoq-frantsuz-nemis qöşma korxonasi Tojikistonning “Somon Air” aviakompaniyasiga H125 tipidagi biznes va turizm maqsadlarida foydalaniladigan vertolyotlarni yetkazib berişni boşladi. Bu haqda Forbes.kz xabar bermoqda.

“Işonamanki, uşbu vertolyot ham turizm, ham aviakompaniyaning rivojiga xizmat qiladi. Biz uning ekspluatatsion işonçliligiga şubha qilmaymiz. Bu kelajakka bölgan işonç, mintaqaviy aviareyslarning rivojlanişi va, albatta, Yevrokopter Qozoğiston Injiniring bilan uzoq muddatli hamkorlikdir”, - deydi “Somon Air”ning boş direktori birinçi örinbosari Suxrob Jurayev.

Qayd etiş joizki, “Yevrokopter Qozoğiston Injiniring” MDH hududida Airbus Helicopters vertolyotlarini sotadigan, YES145, N125, N130 yiğadigan va ularga texnik xizmat körsatadigan yagona kompaniyadir.

Kompaniya boşqaruv raisi Kuaniş Bişimovning sözlariga köra, ular Tojikistonga 5-10 ta vertolyot yetkazib beriş böyiça muzokaralar amalga oşiryapti. Qirğiziston tomoni ham 10 vertolyot sotib oliş böyiça qiziqiş bildirgan.

×