Jizzax viloyatida 40 yoşli erkak ov quroli bilan 20 yoşli yigitning joniga suiqasd qildi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Matbuot xizmati xabariga köra, joriy yilning 20 oktyabr kuni soat 00:00 larda Jizzax viloyati, Şarof Raşidov tumani, Toqçilik mahallasida fuqaro Zafar I. (1979 y.t.) fuqaro Yorqin B. (1999 y.t.) va uning qarindoşlari bilan özaro janjallaşib qolgan. Zafar I. MS-2112 rusumli ov quroli bilan ularga qarata 6 marotaba öq uzib, qasddan öldirişga suiqasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 21 oktyabr kuni Şarof Raşidov tumani prokuraturasi tomonidan Zafar I.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Zafar I. protsessual tartibda uşlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.









