Ukraina poytaxti Kiyevdagi tumanlaridan biri öqqa tutildi. Oqibatda 8 kişi halok böldi. Bu haqda UNIAN naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 20 mart kuni keçqurun Kiyevning Podolskiy tumanida bir neçta portlaşlar amalga oşirilgan. Portlaş oqibatida ayrim uylar va savdo markazlaridan biriga zarar yetgan.
"Ölganlar va jarohatlanganlar haqidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritilmoqda. Voqea joyida qutqaruvçilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari iş olib bormoqda, jinoyat hujjatlaştirmoqda. Tergovga qadar tekşiruv işlarini Milliy politsiyaning Kiyevdagi Boş boşqarmasi Podolsk politsiya boşqarmasi olib bormoqda”, deyiladi xabarda.









