Jinlarning ham möminlari, kofirlari böladimi?

Jinlarning ham möminlari, kofirlari böladimi?

Alloh taolo Qurʼoni karimda şunday marhamat qiladi:

«Ayt: «Menga vahiy qilindiki, albatta, jinlardan bir neça nafari quloq osdilar va dedilar: «Biz ajoyib Qurʼonni eşitdik. «U töğri yölga hidoyat qiladir. Bas, biz unga iymon keltirdik va öz Robbimizga heç kimni şerik keltirmasmiz» (Jin surasi, 1-2-oyatlar).

Bu ikki oyatda Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, aytişlari kerak bölgan maʼnoni ham bayon qiladi, yaʼni vahiy orqali yetti nafar jin u kişining qiroatlariga quloq osgani va qavmlariga borib, «Biz ajoyib Qurʼon eşitdik», deb xabar berganlari haqida aytişni buyuradi.

Demak, jinlar Qurʼoni Karim tilovatini eşitişlari bilan bu oddiy söz emasligini, dunyoda yangi olamşumul voqea röy berganligini fahmlab, bu voqea jinlar hayotida ham katta özgariş bölişiga sabab bölganini darhol tuşunib yetganlar.

Ikkinçi oyatda mazkur jinlarning öz qavmlariga aytgan gaplari davom etadi:

«U töğri yölga hidoyat qiladir. Bas, biz unga iymon keltirdik va öz Robbimizga heç kimni şirk keltirmasmiz».

Jinlar öz aql-farosatlari ila Qurʼonni nozil qilgan Alloh ularning Robblari ekani va Unga şerik bölişi mumkin emasligini ham tuşunib yetadilar. Muşriklar kabi Allohga şirk keltirmasliklarini taʼkidlaydilar.

 Alloh taolo Jin surasida marhamat qiladi:

«Va albatta, bizdan musulmonlar (bor) va bizdan adaşganlar (bor). Kimlar Islomga kirsa, bas, ular haq yölni tanlabdilar. Va ammo adaşganlar, bas, jahannamga ötin bölibdilar» (14-15-oyatlar).

Uşbu ikki oyatda jinlar içida ham xuddi insonlar kabi musulmonlarining borligi yana bir bor taʼkidlanmoqda. Ularning musulmonlari – töğri yölni tanlagan, yaʼni kör-körona emas, balki tanlaş, izlaş, örganiş, soliştiriş oqibatida Islom şubhasiz ilohiy din bölib, öziga ergaşganlarni ikki dunyo saodatiga eriştirişiga işonç hosil qilgandan söng musulmon bölgan jinlardir. Şuningdek, ularning içida adaşgan kofirlari ham bor.

Jinlar ham qiyomat kuni mahşargohga töplanadilar, amallari hisob-kitob qilinadi va savob yoki azob beriladi.

Alloh taolo Anʼom surasida marhamat qiladi:

 «Ularning hammasini töplaydigan Kunda: «Ey jinlar jamoasi! Insdan (adaştirganlaringizni) köpaytirib yubordingiz?!» (deydi). Ularning insdan bölgan döstlari: «Robbimiz, biz bir-birimizdan bahralandik va bizga belgilagan muddatingga yetib keldik», derlar. U Zot: «Turar joyingiz olovdir, unda mangu qoluvçidirsiz. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz)», der. Albatta, Robbing öta hikmatlidir, öta biluvçidir» (128-oyat).

Uşbu oyati karimada taʼrif etilayotgan sahna qiyomat kuni sahnasidir. Öşa kun oyatda

«Ularning hammasini töplaydigan kun» deb taʼriflanyapti. Yaʼni Alloh taolo insu jinlarning hammasini jamlaydigan kun. Demak, qiyomat kuni Alloh taolo inslarni – odamlarni jamlaganidek, jinlarni ham jamlaydi. Şunda kofir jinlarga Alloh taolo:

«Ey jinlar jamoasi! Insdan(adaştirganlaringizni) köpaytirib yubordingiz?!» (deydi).

Bu gap jinlarga qilgan işlari haqida xabar beriş emas, balki qilgan amallarini tanqid qiliş, qoralaş uçun aytiladi. Çunki özlarining vasvasasi va iğvolariga uçgan odam bolalari köp ekanini jinlar yaxşi biladilar. Alloh taolo bu gapni jinlarga aytgan bölsa ham, javobini öşa jinlarga ergaşgan, ularga valiy-döst bölgan odamlar beradi:

«Ularning insdan bölgan döstlari: «Robbimiz, biz bir-birimizdan bahralandik va bizga belgilagan muddatingga yetib keldik», derlar».

Demak, jinlar odamlarni yöldan urib, iğvo qilib, yomon yölga yurgizib huzur-halovat olgan va rohatlanganlar. Jinlarning fitnasiga uçib, kofir va gunohkor bölgan odamlar esa ularning çiroyli körsatgan, havoyi nafsni qondiruvçi işlarini bajarib, huzur qilganlar. Bular irodasi zaif, ğofil, havoyi nafsga berilgan, şahvatparast odamlar bölganlar. Şayton ularning uşbu zaif joylaridan tutib, iğvosiga uçirgan va öziga malay qilib olib, har köyga solgan, bu dunyoda maqsadlariga erişiş yölida ulardan foydalanib, huzur qilgan. Şaytonga malay bölgan insonlar u çiroyli körsatgan narsalarni öziniki qilib, beş kunlik hayotlarida havoyi nafsini qondiriş yölida oşkora va maxfiy gunohlarni işlab, özlariça, huzur qilyapmiz, deb yuraverganlar. Ular hayotlarini şunday qilib ötkazganlar. Endi esa hamma narsani tuşunib yetib:

«...bizga belgilagan muddatingga yetib keldik», deb turibdilar.

Yetib kelişgani aniq. Ana endi ulardan har biri – ham insi, ham jini öz qilmişiga yaraşa adolatli jazosini topadi.

«U Zot: «Turar joyingiz olovdir, unda mangu qoluvçidirsiz. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz)», der».

Bu holning oqibati sizga u dunyoda ham aytilgan edi. Ammo quloq solmadingiz. Mana endi öşa aytilgan jazo muqarrar böldi. Sizning makoningiz olovli dözax böladi. Faqat irodasi çeksiz Alloh boşqa narsani xohlasagina, abadiy bölmasligi mumkin.

«Albatta, Robbing öta hikmatlidir, öta biluvçidir».

Uning har bir işi hikmatdan xoli emas. U hamma işini bilim ila qiladi.

Alloh taolo Hud surasida marhamat qiladi:

«Robbingning «Jahannamni, albatta, jinlar va odamlar bilan tamomila töldirurman», degan sözi batamom böldi» (119-oyat).

Manba: islom.uz

×