Rafael Nadal "Real" prezidenti böladimi?

Rafael Nadal "Real" prezidenti böladimi?

"Katta dubulğa" turnirlarining 22 karra ğolibi, jahonning sobiq birinçi raqamli raketka ustasi bölgan ispaniyalik tennisçi Rafael Nadal Madridning "Real" futbol klubi prezidenti bölişi ehtimoliga oid savolga rasmiy munosabat bildirdi.

- "Real" klubida öz işining ustasi bölgan prezident bor va hozirça yangisining zarurati yöq. Kelajakda bizlarni nima kutayotganini heç kim bilmaydi. Umuman olganda, ha, bunday taklif men uçun qiziq va ruhlantiruvçi çaqiriq bölişi mumkin. Ammo avvalo bunday masʼuliyatli vazifaga tayyor ekanimni aniq bilişim kerak. Men bunga rozi bölarmidim? Ehtimol, ha. Bu bir vaqtlar prezidentlik lavozimini körib çiqişim mumkinligini anglatadimi? Bunga aniq javob bera olmayman. Bu men uçun hozirça uzoq va murakkab vazifa bölib körinadi, biroq hayotda heç narsani oldindan aytib bölmaydi, — deya Nadalning fikrlarini keltirmoqda Mundo Deportivo naşri.

Eslatib ötamiz, taniqli tennisçi "Real" klubining aşaddiy muxlisi sifatida ham yaxşi tanilgan.


Teglar:
×