Qirğizistonlik tadbirkor özini xudo deb eʼlon qildi

Qirğizistonlik tadbirkor özini xudo deb eʼlon qildi

Qirğizistonning Din işlari böyiça qömitasi özini xudo deb atayotgan Arstanbek Abdildayevning (taxallusi – Arslan Alay) bayonotlari ekspertizadan ötkazilişini maʼlum qildi.

24.Kg naşrining xabar berişiça, Abdildayev masalasini mamlakat parlamenti deputati Uluğbek Ormonov kötarib çiqqan. Unga javoban Din işlari qömitasi raisi Zayirbek Ergeşov ekspertiza ötkazilişini va uning natijasiga qarab qaror qabul qilinişini bildirdi. Biroq u aynan qanday ekspretiza (lingvistik, diniy, psixiatrik) ötkazilişiga aniqlik kiritmadi.

Arstanbek Abdildayev öz faoliyatini tadbirkor sifatida boşlagan. Şuningdek “El uçun” siyosiy partiyasining yetakçisidir, 2011 va 2017 yillardagi prezident saylovlarida qatnaşgan. 2011 yildagi saylovdan bir neça oy ötib matbuot anjumani taşkil etgan va Yerdagi hayot qirğizlardan boşlanganini, 2012 yilda Oltin davr kirib kelişini, Rossiya prezidenti Vladimir Putin insoniyatni qutqaradigan “murakkab biorobot” ekanini aytgan edi.

2019 yilda Abdildayev Next-TV telekanalida öz körsatuvini boşladi. Uning aytişiça, tomoşabinlarga Koinotning quvvatini tarqatadi. U sentyabr oyining oxirida özini “yangi xudo” deb eʼlon qildi.

“Xudo bitta odamga – Arstan Alayga Koinot quvvatini inʼom qildi va şuning uçun özimni yangi xudo deb hisoblayman! Men yuqoridan berilgan vazifani ado etyapman”.

Bir paytlar Arstanbek Abdildayevning “Qiş bölmaydi” degan gapi kulgiga va internet-memlarga sabab bölgan edi. Uning özi esa bu gap kulgili emasligini taʼkidlaydi:

“Mening kuçlarim şarofati bilan şimolda muzliklar eriyapti, global isiş boşlandi. U yerda tez orada suv tugaydi, çunki buğlanib ketadi. Qiş esa bölmaydi. Yer likop körinişiga kelib, kattalaşadi”.

×