Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 10 sentyabr kuni axborot texnologiyalari sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlaş va iqtidorli yoşlar bilan tizimli işlaş masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Raqamli iqtisodiyot” mamlakatimiz taraqqiyotining asoslaridan biri sifatida belgilangan. Şu maqsadda “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasini amalga oşiriş boşlandi. Jumladan, uning doirasida hududlarda 89 ta, tarmoqlarda 200 dan ortiq loyiha hayotga tatbiq etildi.
Yil boşidan buyon, IT Park rezidentlari soni 35 foizga köpayib, ularda 6 mingdan ortiq yangi iş örni yaratilgan. Joriy yilning 8 oyida işlab çiqilgan dasturiy mahsulotlar 26 million dollarga eksport qilingan. Kelgusi 3 yilda iqtisodiyot sohalarida yana 300 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Uşbu loyihalar, umuman, soha uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida Birlaşgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million dasturçi” loyihasi amalga oşirilmoqda. Hozirgaça bu loyiha doirasida 567 ming öğil-qiz bepul saboq oldi. Eʼtiborlisi, ularning 79 foizi maktab öquvçilaridir.
Tadbir avvalida Birlaşgan Arab Amirliklarining Hukumat işlari böyiça vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gergaviy videoaloqa orqali uşbu loyihaning ahamiyati haqida öz fikrlarini bildirdi.
Yiğilişda axborot texnologiyalari böyiça taʼlim şaroitlarini yaxşilaş va qamrovini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
2 mingdan ortiq maktabning birorta ham öquvçisi “Bir million dasturçi” loyihasida iştirok etmagani körsatib ötildi.
Davlatimiz rahbari loyihani har bir maktabga yetkaziş, zarur hollarda ularni qöşimça kompyuterlar bilan taʼminlaş, bolalarni öqişga keng jalb etiş muhimligini taʼkidladi.
– Birorta maktab “Bir million dasturçi” loyihasidan çetda qolmasligi kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şuningdek, bunday öquvlar joylardagi Yoşlar markazi, “Işga marhamat” mono-markazlari negizida ham taşkil etilişi aytildi.
Bugungi kunda yurtimizda axborot texnologiyalariga ixtisoslaşgan 100 ta maktab faoliyat yuritmoqda. Kelgusi ikki yilda bunday muassasalarni 205 taga yetkazib, 30 mingdan ziyod öquvçilarni öqitiş rejalaştirilgan.
Şu bois mutasaddilarga uşbu maktablar uçun pedagoglar, texnika va öquv dasturlarini hozirdan puxta tayyorlaş böyiça körsatma berildi.
Yana bir yangilik – joriy yil 1 oktyabrdan boşlab barça hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yölga qöyiladi. Ularda dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi telekommunikatsiya kabi yönalişlar böyiça 8 mingga yaqin öquvçi tahsil oladi.
Yiğilişda uşbu texnikumlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş masalalariga ham töxtalib ötildi.
Kadrlar tayyorlaşda öquv markazlari ham muhim örin tutadi. Şu maqsadda Aloqa bank tomonidan ustavi 80 milliard söm bölgan Vençur jamğarmasi va IT bilimlarni rivojlantiriş markazi taşkil etilişi belgilandi. Uşbu markazda kelgusi beş yilda 100 ming nafar yoşlarga dasturiy taʼminot, mobil ilovalar, tarmoq administratori kabi yönalişlar böyiça professional taʼlim beriladi.
Bundan taşqari, hozirda 151 ta raqamli texnologiyalar öquv markazi faoliyat yuritib, ularda joriy yilda 27 mingdan ortiq tinglovçilar öqitildi. Uşbu markazlar faoliyatini kengaytiriş, davlat-xususiy şeriklik asosida yana şunday öquv maskanlari taşkil etiş muhimligi taʼkidlandi.
Yiğilişda Prezident va ijod maktablari hamda ixtisoslaşgan maktablarda taʼlim-tarbiya sifatini oşiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Bugungi kunda 4 ta Prezident maktabida 576 nafar, 3 ta ixtisoslaşgan va 9 ta ijod maktabida 1 ming 500 nafar öquvçi taʼlim olmoqda.
Davlatimiz rahbari tarbiya jarayonida milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhi asosiy ahamiyat kasb etişi zarurligini taʼkidladi.
Öquvçilarni mamlakatimiz tarixi, madaniyati va sanʼati bilan kengroq taniştiriş, harbiy xizmatçilar iştirokida vatanparvarlik darslari taşkil etiş muhimligi qayd etildi.
Ixtisoslaşgan maktab öquvçilarini axborot texnologiyalari mutaxassisliklariga yönaltiriş, ijod maktablarida veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli sanʼat, audiovizual asarlarni yaratiş, tarjimonlik, jurnalistika va aktyorlik mahorati kabi tögaraklar taşkil etiş böyiça vazifalar belgilandi.
Ilğor xalqaro tajriba va standartlar asosida uşbu maktablar muallimlarining malakasini oşirib boriş zarurligi taʼkidlandi.
Şu maqsadda Toşkent şahrida Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş markazi hamda Andijonda uning hududiy filiali taşkil etilişi belgilandi. Bu markazga xorijdan malakali mutaxassislar jalb qilinib, fanlar va çet tillari böyiça öqituvçilarning malakasi oşiriladi, xalqaro sertifikatlar beriladi.
Umuman, Prezident maktablariga investitsion va innovatsion yönalişlarni joriy qiliş böyiça yangi tizim taşkil etiladi. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Taşqi işlar vazirligi xorijdan öquv dasturlari, adabiyotlar va jihozlar, malakali pedagoglar va moliyaviy grantlar jalb qilişga kömaklaşadi. Şuningdek, xorijiy maktablar bilan öqituvçi va öquvçilarni almaşiş dasturlari amalga oşirladi.
Yiğilişda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti eşitildi.









