Özbekiston kubogi yarim finalida finalçilar aniqlanadi

Özbekiston kubogi yarim finalida finalçilar aniqlanadi

Bugun, 24 noyabr kuni Özbekiston kubogining yarim final uçraşuvlari ötkaziladi. Finalga yöllanma uçun OKMK bilan “Navbahor”, şuningdek, “Andijon” bilan “Lokomotiv” bahslaşadi. Ikkala öyin ham soat 18:15 da boşlanadi.

Hakamlar va stadionlar

“Andijon” – “Lokomotiv” uçraşuvi Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida böladi. Öyinni boş hakam Şavkat Nasibullayev boşqaradi. Unga çiziq hakamlari Aleksandr Burov va Şavkat Rahmatov yordam beradi.

OKMK bilan “Navbahor” esa Toşkentdagi “Lokomotiv” stadionida uçraşadi. Bu bahsda boş hakam Ravşan Abduvohidov böladi. Uning yordamçilari — Islom Azimov va Şerzod Aʼzamov.

Final qaçon ötkaziladi?

Kubok finali sanasi hozirça aniq emas. Bunga asosan “Andijon”ning Superligadagi ahvoli va pley-off bosqiçida iştirok etişi taʼsir qiladi.

Agar “Andijon” finalga çiqsa, hal qiluvçi öyin uçun işçi rejada 16 dekabr belgilangan. Biroq bu sana Islom Ahmedov şogirdlarining Superliga pley-offida qaysi bosqiçgaça borişi bilan boğliq.

Ikkinçi holatda final 10 dekabr kuni ötkaziladi. Bu reja “Andijon” finalga çiqa olmasa yoki finalga çiqib, mavsum yakuniga qadar xavfli hududdan uzoqlaşsa amalga oşiriladi.

Şunday qilib, bugungi yarim finallar kubok ğolibini aniqlaşdan taşqari, final öyini kalendariga ham aniqlik kiritişi mumkin. Ayniqsa, “Andijon” öyini köpçilikning eʼtiborida böladi.

×