Özbekiston Tailandni yengib Osiyo kubogi-2023ga yöllanma oldi

Özbekiston Tailandni yengib Osiyo kubogi-2023ga yöllanma oldi

14 iyun kuni Namanganda 20 mingdan ortiq tomoşabin yiğilgan stadionda Özbekiston terma jamoasi Tailand ustidan ğalaba qozondi.

Uçraşuvning 8-daqiqasida Eldor Şomurodovning uzatmasini Jaloliddin Maşaripov golga aylantirdi (1:0).

23-daqiqada Şomurodov ikkinçi golli uzatmasini amalga oşirdi, töp Azizbek Turğunboyevning aniq zarbasidan söng darvoza töridan joy oldi (2:0).

Uçraşuvda boşqa gol urilmadi. Sreçko Katanets şogirdlari uç öyindan söng 9 oçko bilan 1-örinni egaşdi va Osiyo kubogi-2023ga guruh ğolibi sifatida yöllanma olişdi.

Tailand hisobida — 6 oçko (2-örin) Maldiv — 3, Şri-Lanka — guruh autsayderi.

Osiyo kubogi-2023 saralaşi. 3-tur

Özbekiston — Tailand — 2:0

Namangan, «Markaziy» stadion. 21 405 tomoşabin

Gollar: Jaloliddin Maşaripov 8, Azizbek Turğunboyev, 23.

Özbekiston: 12. Ötkir Yusupov, 8. Dilşod Saitov, 2. Umarbek Eşmurodov,  5. Rustam Aşurmatov,  4. Farrux Sayfiyev,  7. Otabek Şukurov, 9. Odil Hamrobekov, 19. Azizbek Turğunboyev (22. Oybek Bozorov, 52), 10. Jaloliddin Maşaripov (15. Oston Örunov, 66), 21. Igor Sergeyev (6. Sardor Sobirxöjayev, 66), 14. Eldor Şomurodov (11. Şerzod Temirov, 82).

Tailand: 23. Sivarak Tedsungen, 2. Sasalan Haipraxon, 4. Pansa Hemvibun, 15. Tanabun Kesarat, 19. Tristan Do, 3. Tiraton Bunmatan, 6. Saraç Yuyen, 8. Zitifan Puangjan, 11. Bordin Fala, 16. Fitivat Sukjitzammakul, 17. Çavvat Srinavong.

×