Soliq qömitasi nomidan işlayotgan 50 ga yaqin firibgar resurs aniqlandi

Soliq qömitasi nomidan işlayotgan 50 ga yaqin firibgar resurs aniqlandi

Telegram messenjerida Soliq qömitasi nomidan faoliyat yuritayotgan kiberfiribgarlarga tegişli 50 ga yaqin yopiq va oçiq guruh, kanal hamda bot aniqlandi. Bu haqda qömitaning özi xabar berdi.

Resurslar Kiberxavfsizlik xizmati ötkazgan monitoring vaqtida topilgan. Ular orqali foydalanuvçilarga soxta takliflar berilgani maʼlum bölgan.

Firibgarlar nima taklif qilgan

Firibgarlar keşbek çeklarini sotişga uringan. Ular pul evaziga ijara şartnomalarini rasmiylaştirişni ham taklif qilgan. Bundan taşqari, “keşbek orqali pul işlang” mazmunidagi referal aktsiyalar (tanişlarni jalb qilgani uçun mukofot vaʼda qilinadigan takliflar) tarqatilgan.

Firibgarlar qömita nomidan turli xabarlar va xavfli ilovalarni ham yuborgan. Aniqlangan resurslar orasida soliquz_chek_keshbek, SoliqUz_keshbeklar, Soliqmobilxizmati, SoliqUzbDavlat_bot va keshbek_soliqbot nomlilari bor.

Qanday çoralar körilmoqda

Şu munosabat bilan Soliq qömitasi Kiberxavfsizlik xizmati Telegram’ning texnik qöllab-quvvatlaş xizmatiga rasmiy murojaat yubordi. Resurslarni tösiş masalasi şu yöl bilan kötarilgan.

Qömita fuqarolarni norasmiy kanal va guruhlarga qöşilmaslikka çaqirmoqda. Ulardagi havolalarni oçiş ham, bunday manbalardan olingan ilovalarni qurilmaga örnatiş ham xavfli.

Soliq idorasining nomidan firibgarlik qiliş hollari ilgari ham qayd etilgan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda qömita raisi nomidan soxta akkaunt oçilgani va u orqali idora xodimlariga turli xabarlar yuborilgani maʼlum qilingan edi.

Teglar:
×