Özbekistonda aktsiya ötkazib, yutuqni bermaganlarga iş qözğatildi

Özbekistonda aktsiya ötkazib, yutuqni bermaganlarga iş qözğatildi

Özbekistonda 58 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçasida ötkazilgan aktsiyalar tekşirilib, 65 ta muammo va kamçilik aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, örganişlar davomida jami 116 ta aktsiya va çegirma tahlil qilingan. Ayrim savdo nuqtalarida eʼlon qilingan çegirmalar amalda boşqaça qöllanilgan, aktsiya şartlari töliq tuşuntirilmagan, şuningdek, ğoliblarga vaʼda qilingan sovrinlar berilmagan.

Xususan, Andijon viloyatida “Water Life Mineral” MÇJ tomonidan ötkazilgan “Orzu uşalsin” aktsiyasida uç nafar iştirokçiga jami 60 mln sömlik sovrin topşirilmagan. Uşbu holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan iş qözğatilib, isteʼmolçilar huquqlari buzilgani böyiça tegişli qaror qabul qilingan va körsatma berilgan.



Namangan viloyatida esa “Namangan avtotexxizmat” MÇJ aktsiyasida Chevrolet Cobalt avtomobilini yutib olgan fuqaroga yutuği berilmagan. Telefon raqami notöğri terilgani sababli ğolib bilan boğlaniş imkoni bölmagan va avtomobil boşqa şaxsga topşirilgan. Raqobat qömitasi aralaşuvidan söng maşina haqiqiy ğolibga qaytarilgan.

Şuningdek, Namangandagi “Baldini” dökonida 50 foizlik çegirma eʼlon qilingan bölsa-da, mahsulotlarda narxnomalar bölmagan. Buxoro şahridagi “IDEA” dökonida esa 20, 50 va 60 foizlik çegirmalar mahsulotning umumiy narxiga emas, muddatli tölovning oylik tölovlariga nisbatan qöllanilgan.

Samarqand viloyatida “Samarqand Avtotexxizmat” MÇJ avtomobil xarid qilgan mijozlarga maişiy texnika sovğa qiliş aktsiyasini ötkazgan. Biroq sovğalar faqat Chevrolet avtomobili uçun töliq oldindan tölov qilgan xaridorlarga berilişi belgilangan. Muddatli tölov asosida avtomobil olganlar va yuridik şaxslar aktsiyada iştirok eta olmagan. Örganiş natijasida qoidabuzarliklar aniqlanib, korxonaga bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan.

Qaşqadaryo viloyatida “IDEA” brendi tomonidan smartfonlarni bölib tölaş asosida xarid qilişga oid aktsiyalar reklamasida ham kamçiliklar kuzatilgan. Jumladan, aktsiyadagi mahsulotlar soni, ularning oldingi 30 kun davomidagi eng past narxlari va “1+1” aktsiyasida qöşimça qaysi mahsulot berilişi aniq körsatilmagan.

Maʼlumotlarga köra, aniqlangan 65 ta kamçilikning 59 tasi, yaʼni 90,7 foizi huquqiy tuşuntirişlar va ogohlantiriş xatlari orqali bartaraf etilgan. Törtta tadbirkorlik subʼektiga nisbatan iş qözğatilib, tegişli qaror va körsatmalar berilgan. Isteʼmolçilar foydasiga esa qariyb 250 mln söm qayta hisob-kitob qilingan.

Qömita aktsiya va çegirmalar ustidan nazoratni kuçaytiriş maqsadida yangi raqamli mexanizmlarni joriy etiş böyiça takliflar tayyorlamoqda.

Jumladan, QR-kod orqali mahsulotning avvalgi narxlari va çegirmaning haqiqiy miqdorini tekşiriş, aktsiya şartlarini boşlanişidan oldin elektron tizimda qayd etiş hamda mahsulotlar narxlari tarixini raqamlaştiriş taklif etilmoqda.

Qömitaga köra, bu çoralar çegirmalar şaffofligini oşiriş, xaridorlarni çalğituvçi holatlarning oldini oliş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan.


Teglar:
×