Bugun, 20 dekabr kuni “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev köp tomonlama biznes forumida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçi, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnaşgan.
Markaziy Osiyo va Yaponiya örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, mintaqaga Yaponiya investitsiyalari va ilğor texnologiyalarini jalb qiliş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, işbilarmon doiralar örtasidagi töğridan töğri aloqalarni mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqilgan.
Qöşma iqtisodiy loyihalar taqdimot qilingan. “Sumitomo”, “Chubu Electric Power”, “Shikoku Electric Power” kompaniyalari tomonidan JBIC va NEXI kömagida Özbekistonda ikkita quyoş elektr stantsiyasini quriş, “Toyota Susho” iştirokida AT infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, “Sojitz” kompaniyasi tomonidan köp tarmoqli tibbiyot markazini taşkil etiş, şuningdek, “JOGMEC” iştirokida yangi öta muhim mineral konlarini özlaştiriş kabi Özbekiston – Yaponiya investitsiya taşabbuslari şular jumlasidan.
Yetakçilar huzurida tegişli loyihalar böyiça hujjatlar almaşilgan.









