2025–2026 öquv yilida Özbekistonda oliy taʼlim taşkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1,5 million nafar bölib, ular orasida eng köpini 19 yoşlilar taşkil qiladi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, oliy taʼlim taşkilotlarida 19 yoşli 220 ming 598 nafar talaba tahsil oladi. 20 yoşlilar 207 ming 146 nafarni, 18 yoşlilar esa 200 ming 578 nafarni taşkil etadi.
Şuningdek, 21 yoşli talabalar soni 179 ming 230 nafar, 22 yoşlilar 116 ming 890 nafar, 23 yoşlilar 81 ming 400 nafar, 24 yoşlilar 60 ming 409 nafarni taşkil qilgan.
25 yoşli talabalar 49 ming 377 nafar bölsa, 26–29 yoşdagilar 136 ming 855 nafarni taşkil etadi. 30–34 yoşlilar 122 ming 742 nafar, 35–39 yoşlilar 69 ming 224 nafar, 40 yoş va undan katta talabalar esa 53 ming 483 nafarni taşkil qilgan.
17 yoş va undan kiçik bölgan talabalar soni 37 ming 74 nafarga teng.
Maʼlumot uçun, talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini erkaklar taşkil etadi. Bu esa ayollar soni erkaklarnikiga nisbatan 4,1 foizga köpligini körsatadi.









