Kriştianu Ronaldu özini futbol tarixidagi eng yaxşi öyinçi deb hisoblaşini aytdi. Bu haqda Ronaldu CNN Portugal telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.
U jurnalist va dösti Edu Agirre bilan suhbatda Lionel Messi bilan raqobati, faoliyati va erişgan natijalari haqida gapirdi.
“Men barça davrlarning eng zör futbolçisiman. Tamom. Raqamlarning özi gapiradi. Men özimdan yaxşiroq heç kimni bilmayman. Tarix allaqaçon yozilgan. Bugun faoliyatimni yakunlasam ham, heç narsadan afsuslanmayman”, deydi portugaliyalik hujumçi.
Suhbat davomida Ronaldu Lionel Messi bilan yillar davomida davom etgan raqobati haqida ham fikr bildirgan. Ularning özaro raqobati jahon futbolida yangi davrni boşlab bergani taʼkidlangan.
Ronalduning aytişiça, ular bir-biri uçun motivatsiya manbai bölib xizmat qilgan. U bu raqobatni Formula-1 ning afsonaviy poygaçilari Alen Prost va Ayrton Senna örtasidagi bellaşuvga qiyoslagan.
“Ulardan biri doimo ikkinçisiga motivatsiya bergan. Bu xuddi Formula-1 dagi Alen Prost va Ayrton Senna örtasidagi raqobatga öxşaydi”, deydi Ronaldu.
Portugaliyalik yulduz yoşiga qaramay, gol urişda davom etayotganini ham taʼkidlab, bu natijalari uçun öziga yetarliça baho berilmayotganini aytgan.









