9 oktyabr kuni beş karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu Saudiya Arabistoni çempionati doirasida “Al-Diriya”ga qarşi uçraşuvda “Al-Nasr” safida gol urib, professional faoliyatidagi gollari sonini 980 taga yetkazdi.
Portugaliyalik hujumçi uçraşuvning 23-daqiqasida hisobni oçdi. Şundan söng, mezbonlar 35- va 77-daqiqalarda yana ikki bor raqib darvozasini işğol qildi. Natijada “Al-Nasr” 3:0 hisobida ğalaba qozondi.
Avvalroq, Ronaldu terma jamoa yiğinini muddatidan oldin tark etgan edi. Futbolçining aytişiça, bunga boş murabbiy Jorje Jezuş unga bergan vaʼdalarini ikki marta bajarmagani sabab bölgan.
Ronaldu Millatlar ligasining yangi mavsumida Uelsga qarşi keçgan va 1:0 hisobida yakunlangan uçraşuvda maydonga tuşgan. Biroq Norvegiyaga qarşi bahsda (2:1) zaxirada qoldirilgan. Futbolçining taʼkidlaşiça, dastlab u mazkur öyinda iştirok etişi rejalaştirilmagan, ammo murabbiy undan 30 daqiqa öynaşga tayyor turişni söragan. Şunga qaramay, Ronaldu öyinga tuşirilmagan.
41 yoşli Ronaldu beş karra Çempionlar ligasi ğolibi, Yevropa çempioni va Millatlar ligasining ikki karra ğolibi hisoblanadi. U milliy terma jamoalar, Yevropa çempionatlari va Çempionlar ligasidagi gollari böyiça qator rekordlarga ega.
Ronaldu 2022 yil dekabr oyidan buyon “Al-Nasr” safida töp surmoqda. U faoliyati davomida klublar safida 834 ta, Portugaliya terma jamoasida esa 146 ta gol urgan.









