Şavkat Mirziyoyev bugun Turkmanistonga boradi

Şavkat Mirziyoyev bugun Turkmanistonga boradi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan joriy yilning 7-9 oktyabr kunlari amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Prezident “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinçi Maslahat uçraşuvida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligining navbatdagi sammitida iştirok etadi.

Maslahat uçraşuvi kun tartibidan siyosiy-diplomatik hamkorlikni yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy aloqalarni çuqurlaştiriş, energetika sohasidagi şeriklikni kengaytiriş, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça qöşma çora-tadbirlarni amalga oşiriş, madaniyat, taʼlim va ilm-fan sohalaridagi hamda yoşlar örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş masalalari örin olgan.


Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlaşga oid ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almaşiş közda tutilgan.

MDH davlat rahbarlari kengaşi yiğilişida Hamdöstlik doirasidagi köp tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinadi. MDH taşkil etilganining 35 yilligini nişonlaşga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tadbirlar yakunida qöşma hujjatlar töplamini qabul qiliş közda tutilgan.

Taşrif dasturiga muvofiq, qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkaziş ham rejalaştirilgan.


×