Endi ayrimlar uçun elektr kunduzi arzonlaşib, tunda qimmatlaşadi

Endi ayrimlar uçun elektr kunduzi arzonlaşib, tunda qimmatlaşadi

Özbekistonda yirik biznes uçun elektr energiyasi kunduzi arzonlaşib, tunda esa odatdagi tarif amal qiladi. Bu haqda Prezident joriy yilning 22 sentyabr kuni imzolagan “Yoqilği-energetika tarmoğini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonda söz boradi.

Farmaonga köra, yangi tartib I tarif guruhiga kiruvçi isteʼmolçilarga, jumladan, yirik sanoat korxonalari, byudjet taşkilotlari hamda ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori bölgan isteʼmolçilarga taalluqli.

Amaldagi tartibga köra, elektr energiyasi uçun tölov sutka vaqtiga qarab farq qiladi. Xususan, 06:00-09:00 va 17:00-22:00 – yuqori tarif, 1,5 koeffitsiyent bilan, 09:00-17:00 – umumiy tarif böyiça va 22:00-06:00 – 1,5 pasaytiruvçi koeffitsiyent bilan belgilangan.



Yangi tartibga köra:

  • 06:00-09:00 va 17:00-22:00 – 1,5 oşiruvçi koeffitsiyent saqlanadi;
  • 09:00-17:00 – 1,5 pasaytiruvçi koeffitsiyent qöllanadi;
  • 22:00-06:00 – elektr energiyasi umumiy tarif böyiça hisoblanadi.

Maʼlumot uçun, joriy yilning 1 iyunidan I va II guruh isteʼmolçilari uçun elektr energiyasining bazaviy tarifi 1 kVt·soat uçun 1100 sömni taşkil etadi. Şundan kelib çiqib, yuklama eng yuqori bölgan soatlarda I guruh uçun elektr energiyasi narxi 1 kVt·soatga 1650 sömni, 1,5 baravar pasaytiruvçi koeffitsiyent qöllanganda esa taxminan 733 sömni taşkil qiladi.

Energetika vazirligi, regulyator manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunçilik hujjatlariga uşbu farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


Teglar:
×