Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist, teatr va kino sanʼatining taniqli vakili Yodgora Ziyomuhammedova 74 yoşida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Maʼlumot uçun, Yodgora Ziyomuhammedova 34 yildan ziyod Özbekiston davlat yoş tomoşabinlar teatrida samarali ijod qilib, sahnada 100 ga yaqin turli obrazlarni yaratgan. Uning “Qizil şapkaça”da Qizil şapka, “Zumrad va Qimmat”da Qimmat, “Farzandim jigarbandim”da Sanobar, “Sening taqdiring”da Nazira, “Yaraş-yaraş”da Pokiza, “Burgut”da Gulnur, “Birinçi muallim”da Oltinoy kabi obrazlari tomoşabinlar mehri va eʼtiboriga sazovor bölgan.
Aktrisa televideniye va kino sohalarida ham samarali ijod qilib, “Oqşom ertaklari” körsatuvini 25 yil davomida olib borgan.
Namanganliklar.Uz marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.









