Yerning aylaniş tezligi özgarib borayotgani sababli jahon vaqti Yerning aylanişiga boğliq bölmagan tizimga ötkazilişi mumkin. Bu haqdagi tadqiqot “Naked Science”da eʼlon qilindi.
Qayd etilişiça, hozirda dunyoda 1972 yildan beri muvofiqlaştirilgan universal vaqt – UTC qöllanib kelinadi va u atom soatlari asosida sinxronlaştiriladi. Biroq Yerning aylaniş tezligi doimiy emasligi sababli atom vaqti bilan Quyoş vaqti örtasida farq paydo böladi.
Uşbu tafovutni bartaraf etiş uçun 1972 yildan beri 27 marta “kabisa soniyasi” qöşilgan. Ammo sönggi yillarda Yerning aylanişi tezlaşgani sababli endi aksinça, bir soniyani olib taşlaş yaʼni manfiy “kabisa soniyasi”ni joriy etiş zarurati paydo bölgan.
Olimlarni esa bu jarayonning texnologik tizimlarga taʼsiri xavotirga solmoqda. Çunki hozirgaça manfiy “kabisa soniyasi” qöllanilmagan va köplab kompyuter dasturlari vaqtga bir soniya qöşilişi mumkinligini hisobga olgan holda işlab çiqilgan. Bu kommunikatsiya va sunʼiy yöldoş navigatsiyasi tizimlarida keng kölamli nosozliklarga olib kelişi mumkin.
Maʼlumotlarga köra, muammoni hal qiliş uçun olimlar atom vaqtini Quyoş vaqtidan ajratişni taklif qilmoqda. Bunda ikki vaqt tizimi asta-sekin bir-biridan farq qilib boradi va yuzlab yillardan keyin ularni “kabisa soati” yordamida yana moslaştiriş mumkin böladi.
Joriy yilning oktyabr oyida Versal şahrida Xalqaro ölçovlar va tarozilar byurosining boş konferentsiyasi bölib ötadi. Unda “kabisa soniyasi”ning kelajagi böyiça qaror qabul qilinişi mumkin.
Agar taklif maʼqullansa, yangi tartib 2027 yil 20 maydan amalga kirişi kutilmoqda. Şundan söng, “kabisa soniyalari”dan foydalaniş töxtatiladi va atom vaqti Quyoş vaqtidan asta-sekin uzoqlaşib boradi. Ularning farqi taxminan 1000 yil içida bir soatga yetişi mumkin.









