Uşbu iş haftasi davomida Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Unga köra, ayrim kunlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va joriy yilning 10-11 sentyabr kunlari esa Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
Hafta davomida harorat foni keçalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja atrofida nisbatan tekis bölişi kuzatiladi. Respublikaning şimoli-ğarbida kunduzgi harorat 30-33 darajadan 25-28 darajagaça biroz pasayadi.
7-11 sentyabr kunlari respublika toğli hududlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10 sentyabrda şimolda va çöl hududlarda, 11 sentyabrda respublika böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi
Şuningdek, Toşkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böldi, yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat asosan keçalari 17-20 daraja böladi, kunduz kunlari 32-34 darajadan 35-37 darajagaça özgarib turadi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.









