Afğoniston qöşni davlatlar uçun tahdid solmaydi – Mujohid

Afğoniston qöşni davlatlar uçun tahdid solmaydi – Mujohid

Afğoniston qöşni mamlakatlarga tahdid solmaydi va mintaqada yangrayotgan bayonotlar asosan asossiz. Bu haqda hozirgi Afğoniston hukumatining rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid maʼlum qildi.



U şu tariqa ilgariroq tojik-afğon çegarasini mustahkamlaş uçun qurol va texnika yetkazib berişni kelişib oliş haqida gapirgan Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) Boş kotibi Taalatbek Masadikovning sözlariga javob qaytargan.

Mujohidning sözlariga köra, Afğoniston xavfsizlik kuçlari mamlakat çegaralarini töliq nazorat qilmoqda va uning butun hududida yuqori darajadagi xavfsizlikni taʼminlamoqda.

“Biz doimo eşitib kelayotgan bu xavotirlar, bizningça, asosan asossizdir. Ehtimol, Afğonistonga duşmanona munosabatda bölgan baʼzi mamlakatlarning razvedka tuzilmalari Afğoniston va uning qöşnilari örtasida keskinlikni keltirib çiqariş maqsadida uşbu taşkilotni yolğon va notöğri maʼlumotlar bilan taʼminlayotgandir”, dedi u KXŞTni (Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti) nazarda tutib.

Qobul vakili manfaatdor mamlakatlar va taşkilotlar öz xavotirlarini bevosita Afğoniston rasmiylari bilan baham körişlari mumkinligini qöşimça qilgan va Afğoniston hukumati, agar real tahdid yuzaga kelsa, unga jiddiy munosabatda bölişini taʼkidlagan.

KXŞT Boş kotibi TASSga bergan intervyusida Tojikistonga çegarani mustahkamlaş uçun zarur bölgan qurol-yaroğ va texnika röyxati allaqaçon kelişib olinganini va dastlabki yetkazib berişlar joriy yilning kuzida kutilayotganini maʼlum qilgan.

“Davlatlar Tojikistonga yetkazib beriladigan halokatli va halokatli bölmagan vositalar röyxatini kelişib oldilar. Öylaymanki, şu yilning kuzidayoq dastlabki yetkazib berişlar boşlanadi”, dedi Masadikov.

U çegarada xavfsizlikni taʼminlaşni nafaqat Tojikiston, balki taşkilotning barça aʼzolari uçun ham “jöda muhim masala” deb atagan.


×