AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakat energetika tizimiga solinayotgan tahdidlar munosabati bilan favqulodda holat joriy etiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda keça, 26 avgust kuni Oq uyning veb-saytida xabar berildi.
“Energiya tizimlari uçun elektr uskunalarining xorijdan yetkazib berilişi bilan boğliq vaziyat AQŞning milliy xavfsizligi, taşqi siyosati va iqtisodiyotiga töliq yoki sezilarli darajada AQŞ taşqarisidan keluvçi alohida va favqulodda tahdid tuğdiradi deb hisoblayman hamda uşbu tahdid munosabati bilan mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilaman”, deyiladi farmon matnida.
Qayd etilişiça, bu tahdid alohida bitimlar holatida ham, umumiy bitimlar holatida ham mavjud. Uşbu tahdidga qarşi kuraşiş uçun Qöşma Ştatlarda foydalaniladigan energiya tizimlari elektr uskunalarining xavfsizligi, yaxlitligi va işonçliligini himoya qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar zarur.
Trampning qaroriga muvofiq, xorijda işlab çiqarilgan bir qator elektr uskunalari, muhim ahamiyatga ega dasturiy taʼminot hamda Amerika energetika tarmoğining zaif tomonlaridan kiberhujumlar uçun foydalanişi mumkin bölgan raqamli komponentlarni xarid qiliş va örnatiş taqiqlanadi. Bunday uskunalar qatoriga yuqori voltli transformatorlar, quyoş va akkumulyator tizimlari uçun invertorlar, generatorlar, releli himoya qurilmalari va “intellektual elektron qurilmalar” kiradi. Energetika vaziriga boşqa idoralar bilan muvofiqlaşgan holda, xavflarni bartaraf etiş uçun allaqaçon örnatilgan import uskunalardan foydalaniş şartlarini, şuningdek, uşbu farmon amal qiliş doirasiga tuşadigan joriy va kelajakdagi bitimlarni töxtatiş muddatlari va tartibini belgilaş vakolati berilgan.









