Amerikalik tadbirkor Ilon Mask insoniyatga tuğiliş darajasining pasayişi xavf solayotganini bildirdi. U Singapurda tuğiliş koeffitsiyenti 2025 yilda rekord darajada – 0,87 gaça tuşgani haqidagi xabarga munosabat bildirib, insoniyat yöqolib ketiş xavfi ostida ekanidan ogohlantirdi.
Maskning bu fikri Singapurdagi demografik vaziyat haqidagi ijtimoiy tarmoqdagi xabarga javob sifatida bildirilgan. Unda mamlakatda tuğiliş darajasi tarixdagi eng past körsatkiçga tuşgani qayd etilgan.
Maʼlum qilinişiça, Singapur hukumati tuğiliş körsatkiçini oşiriş maqsadida oilalarni qöllab-quvvatlaş çoralarini kuçaytirmoqda. Xususan, bolali oilalarga moliyaviy yordam körsatiş, farzand parvarişi taʼtilini uzaytiriş, uy-joy oliş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda bolalarga qaraş xizmatlarini subsidiyalaş çoralari körilmoqda.
Yangi çoralar doirasida Singapur fuqarosi bölgan har bir bola 17 yoşga tölguniga qadar qariyb 70 ming Singapur dollari (taxminan 55 000 AQŞ dollari) miqdorida umumiy davlat kömagidan foydalanişi mumkin. Bu mablağlar pullik tölovlar, taʼlim grantlari va boşqa imtiyozlarni qamrab oladi.
Şuningdek, farzandli işlovçi ota-onalar uçun bola parvarişi taʼtili muddati ham oşiriladi. Bolalar soniga qarab ularga yiliga 8, 10 yoki 12 kungaça qöşimça taʼtil beriş rejalaştirilgan. Bolali oilalar uçun davlat uy-joylarini taqsimlaşda ham qöşimça imkoniyatlar yaratiladi.
Singapurda demografik vaziyatning yomonlaşişi aholining qarib borişi bilan ham boğliq. Joriy yilda mamlakat aholisining qariyb beşdan bir qismi 65 yoş va undan katta bölişi kutilmoqda.









