Samarqand viloyati Urgut tumani prokurorining örinbosari jami hisobda qariyb 24 000 AQŞ dollari miqdoridagi pora bilan qölga tuşdi. Bu haqda Davlar xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, DXXning Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan Boş prokuraturaning ŞXB va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida Urgut tumani prokurori örinbosarining qilmişlari foş etilgan.
Xususan, mazkur mansabdor şaxs Pastdarğom tumani prokuraturasida faoliyat yuritgan davrida xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy MÇJ tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilişi natijasida 2 mlrd 887 mln söm miqdorida davlatga yetkazilgan zararni 805,9 mln sömga kamaytirib beriş evaziga vositaçilar orqali 6,5 ming AQŞ dollari va 35 mln söm pora olgan.
Bu bilan çeklanmay, prokuratura tomonidan MÇJ mansabdorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida zarar miqdorini 150–200 mln sömgaça kamaytirişni va ularga sud idoralaridagi tanişlari orqali yengil jazo tayinlanişida yordam berişini aytib, MÇJ egasidan 15 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Prokurorning noqonuniy harakatlari böyiça aşyoviy dalillar protsessual tartibda hujjatlaştirilgan. Unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









