Singapur pandemiya davridagi dunyoning eng xavfsiz mamlakati deb topildi. Bu haqda “The New Zealand Herald” xabar berdi.
Manbaga köra, bunday natijaga aholining yuqori tezlikda koronavirusga qarşi emlanayotgani va mamlakat içidagi kasallikka qarşi samarali kuraş orqali erişilgan.
Maʼlumot uçun, Singapur koronavirusga qarşi öz milliy kompaniyalari işlab çiqargan vaktsinalar yordamida uşbu röyxatda Yangi Zelandiyani ortda qoldirdi. Bugungi kunda Singapur aholisining deyarli 20 foizi COVID-19ga qarşi emlangan.
Eslatib ötamiz, “Bloomberg” 2020 yilda aynan Yangi Zelandiyani dunyoning eng xavfsiz mamlakati deb eʼlon qilgandi.
Reytingni tuziş davomida mamlakatlardagi koronavirus bilan kasallangan aholi soni, ölim darajasi, COVID-19 ga qarşi emlaş jarayonlari inobatga olingan. Singapur reytingda 79,7 ball olgan bölsa, Yangi Zelandiya 79,6 ball bilan baholangan. Şuningdek, kuçli törtlikda Avstraliya (76,2) va Isroil (74,9) davlatlari mavjud. 53 davlatdan taşkil topgan reytingda Argentina, Polşa va Braziliya sönggi örinlarni egallagan. Özbekiston esa bu röyxatga kiritilmadi.
Bugungi kunga kelib butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 148 million kişini taşkil qilmokda. 85,6 mln nafar inson kasallikni yenggan bölsa, 3,12 mln bemor vafot etgan.









