Qrimda benzin sotuvi töliq töxtatildi

Qrimda benzin sotuvi töliq töxtatildi

Qrimdagi barça avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida benzin sotuvi ham erkin tarzda, ham talonlar böyiça töliq töxtatildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.


Rossiya tomonidan tayinlangan yarimorol rahbari Sergey Aksyonovning aytişiça, benzin sotuvi keça, 21 iyun kuni soat 09:00 dan boşlab töxtatilgan.

“Yoqilği faqat Qrim Respublikasi hayotiy faoliyati va xavfsizligini taʼminlaydigan davlat xizmatlariga beriladi”, deydi Aksyonov.

Qrim benzin taqçilligiga bahor oxirida duç kelgan. Bunga Ukraina Qurolli kuçlarining anneksiya qilingan yarimorolni R-280 Novorossiya avtomobil yöli orqali taʼminlayotgan benzin taşuvçi va yuk maşinalariga uyuştirgan hujumlari sabab bölgani aytilmoqda.

Joriy yilning 6 iyun kuni Sevastopoldagi TES AYOQŞlar tarmoğida benzin oliş uçun talonlarni rasmiylaştiriş maqsadida QR-kodlar joriy etilgan. Bunday talon 20 litr benzin xarid qiliş huquqini bergan.

QR-kodni faqat haftasiga bir marta va faqat Maks messenjeri orqali oliş mumkin. Rossiya tomonidan tayinlangan Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev esa kodlar tom maʼnoda bir neça ön soniya içida tugab qolayotganini maʼlum qilgan.


×