Özbekistonda endi mahkumlar öqigan har bir kitob uçun ularning jazo muddati 3 kunga qisqaradi. Buning uçun ular maxsus test topşiradi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 12 iyun kuni qabul qilingan “Jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlarning jazoni ötaş davrida töğri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni şakllantirişga qaratilgan adabiyotlarni öqiganligi faktini tasdiqlaş böyiça komissiya faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarorida belgilangan.
Unga köra, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan hamkorlikda jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlarda töğri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni şakllantirişga qaratilgan adabiyotlar röyxati har yili 1 yanvarga qadar tasdiqlanadi. Şundan söng bir oy muddatda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamentiga taqdim etiladi.
Şu bilan birga, jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlarning jazoni ötaş davrida töğri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni şakllantirişga qaratilgan adabiyotlarni öqiganligi faktini tasdiqlaş böyiça imtihon maxsus dasturiy taʼminot orqali inson omilini istisno etgan holda, test sinovlari şaklida ötkaziladi.
Talabgorning jazo muddati har bir öqigan kitobi uçun uç kunga, biroq bir yilda köpi bilan öttiz kungaça qisqartiriladi. Bunda talabgor öqigan kitobi böyiça test sinovini bir yilda ikki marotaba topşiradi. Har bir adabiyot böyiça 25 tadan iborat test topşiriğI şakllantiriladi hamda har bir test topşiriği uçun ikki daqiqa vaqt ajratiladi. Maxsus dastur orqali har bir adabiyot böyiça test sinovi jami 100 ballik tizim asosida hisoblanib, har bir test savoli uçun 4 ballberiladi. Talabgor tomonidan har bir adabiyot böyiça 70 va undan yuqori ball töplangan taqdirda test sinovi muvaffaqiyatli topşirilgan hisoblanadi.









