Endi rektorlar Garvardda öqib keladi

Endi rektorlar Garvardda öqib keladi

“Yangi Özbekiston” universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi. Bu haqda bugun, 8 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvçilarini işga joylaştiriş böyiça kengaytirilgan yiğilişda maʼlum qilindi.

Öquv kursida eng yaxşi natija körsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oşiriş uçun Garvard universitetiga yuboriladi.

Şuningdek, köp masalalarda rektorlarga mustaqillik beriladi. Avvalo, barça oliygohlar taşkiliy va akademik mustaqil böladi. Yaʼni, rektor örinbosarlarini özi tayinlaydi (amaldagi tartibga köra, vazirlik bilan kelişiş kerak).

Bunda har bir nomzod oliygoh kengaşida özining yillik dasturini himoya qiladi. Rektorlar belgilangan moliyalaştiriş va ştati doirasida professor-öqituvçilar va boşqaruv xodimlarini özi taqsimlaydi. Bundan taşqari, rektorlarga “super” kontrakt summasini tabaqalaşgan holda belgilaş vakolati beriladi.


Teglar:
×