Qurbon hayiti arafasida 9 ta viloyatga sel keladi

Qurbon hayiti arafasida 9 ta viloyatga sel keladi

Joriy yilning 26 may ,1 iyun kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini kuzatilişi mumkin. Bu haqda Özgidromet tezkor ogohlantiriş bilan çiqdi.


Jumladan:

  • Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;
  • Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
  • Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolarni, dam oluvçilarni hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilarni ehtiyotkorlik çoralarini körişlari söraladi.

Respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.


Teglar:
×