Özbekistonda Zulhijja oyining birinçi kuni bugun, 28 mayga töğri keldi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi qoşidagi Fatvo markazi maʼlum qildi.
Hijriy-qamariy yil hisobi böyiça Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinçi kuni hisoblanadi.
Şunga köra, joriy yilda Özbekistonda Qurbon hayitining birinçi kuni 6 iyun, juma kuni nişonlanadi.
Hozirça Qurbon hayiti munosabati bilan neça kun va qaysi kunlar dam oliş kuni bölişi rasman eʼlon qilingani yöq.









