Qurbon hayiti arafasida oğir kasallar uçun qöşimça mablağ ajratiladi

Qurbon hayiti arafasida oğir kasallar uçun qöşimça mablağ ajratiladi

21 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.


Suhbat muborak Qurbon hayiti arafasida, yurtdoşlarimiz Haj amallarini ado etayotgan qutluğ kunlarda bölib ötdi.

Davlatim rahbari muftiy hazratlari orqali muqaddas Makka şahrida bölib turgan barça hojilarni Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklab, ularning elu mamlakat tinçligi, xalq farovonligi, yoşlarning baxtu saodati yölida qilayotgan ezgu duo va iltijolari qabul bölişini tilagan.

Taʼkidlanişiça, keyingi yillarda Yangi Özbekistonda har yili 15 ming nafardan ziyod özbekistonlik muborak Haj safariga bormoqda. Bu yil yana bir xayrli taşabbus amalga oşirilib, davlat va xalq manfaati yölida sidqidildan xizmat qilgan mehnat faxriylari, ularning oila aʼzolari, mahalla faollari, nuroniylar hamda kam taʼminlangan oilalar vakillaridan iborat 100 nafar özbekistonlik ilk bor davlat hisobidan Haj safariga yuborilgan.

Prezident ziyoratçilarning salomatligi va kayfiyati haqida söragan, ibodatlarni bajarişi uçun taşkiliy işlarning borişi bilan qiziqqan.

Muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar Makka va Madina şaharlarida ziyoratçilar uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratilayotgani, taşkiliy işlar uyuşqoqlik bilan ötayotganini taʼkidlagan. Bundan qalbida şukronalik hissi jöşgan özbekistonliklar muqaddas joylarda turib, Yaratgandan mamlakat tinçligi, xalq farovonligini sörab duolar qilayotganini qayd etgan.

Suhbatda mamlakatda diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar xalq qalbi, maʼnaviyati va maʼrifatiga katta ijobiy taʼsir körsatayotgani qayd etilgan. Imom Buxoriy majmuasi, Islom tsivilizatsiyasi markazi, Burhoniddin Marğinoniy ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasi kabi yaqinda foydalanişga topşirilgan maskanlar uluğ ajdodlarning bebaho merosini keng tarğib etişga xizmat qilayotgani taʼkidlangan.

Kuni keça Qurbon hayitini mamlakatda özgaça fayz va şukuh bilan nişonlaş böyiça Prezident qarori qabul qilindi. Muborak ayyomni nişonlaş bilan boğliq xayru saxovat va muruvvat tadbirlari ham amalga oşiriladi. Jumladan, ehtiyojmand aholi qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, 10 mingdan ortiq bolalarga murakkab jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş, 2 mingga yaqin oğir kasallikka çalingan özbekistonliklarni davolaş uçun qöşimça mablağlar ajratiladi. Masjid va qabristonlarni obod qilişga ham alohida resurslar yönaltirilişi közda tutilgan.

Davlat rahbari hayotda köpni körgan, duogöy hojilar yurtga qaytgaç, islom maʼrifati va soğlom eʼtiqodni xalqqa, ayniqsa, yoşlarga teran yetkazişda, mahallalarda mehr-oqibat, hamjihatlik va maʼnaviy muhitni mustahkamlaşda namuna bölişlariga işonç bildirgan.

Suhbat yakunida Prezident barça hojilarga salom yöllab, ularning savobli amallari qabul bölişini, Özbekistonga soğ-omon qaytişini tilagan.


×