Bolalar nafaqasi, aliment undiriş… Xalq qabulxonalariga eng köp qanday murojaatlar bölmoqda?

Bolalar nafaqasi, aliment undiriş… Xalq qabulxonalariga eng köp qanday murojaatlar bölmoqda?

Joriy yilning 1-çoragi davomida Prezident xalq qabulxonalariga 178 237 nafar fuqarodan jami 296 235 ta murojaat kelib tuşgan. Bu haqda fuqarolarning murojaatlari bilan işlovçi Prezident xalq qabulxonasi xabar qildi. 


Taqdim etilgan axborotga köra, şu yilning yanvar-mart oylarida asosiy murojaat yöllovçi fuqarolarning yoşi 31-45 oraliğidagi örta yoşlilar bölib, ularning soni 81 764 nafar bölgan. Bu umumiy murojaatçilar sonining salkam yarmi degani. 18-31 yoşdagi murojaatçilar esa yuqoridagilarning qariyb yarmi – 40 002 nafarni taşkil qilgan. Asosiy murojaatçilarning uçdan ikki qismidan köproği şu yoş toifalarida taqsimlangan.

Murojaat yöllagan fuqarolarning yoş toifalari quyidagiça:

  • 393 nafari – 18 yoşgaça bölgan fuqarolar;
  • 40 002 nafari – 18-31 yoşdagi fuqarolar;
  • 81 764 nafari – 31-45 yoşdagi fuqarolar;
  • 27 222 nafari – 45-55 yoşdagi fuqarolar;
  • 10 341 nafari – 55-60 yoşdagi fuqarolar;
  • 16 578 nafari – 60-75 yoşdagi fuqarolar;
  • 1 937 nafari – 75-100 yoşdagi fuqarolar hissasiga töğri kelgan.

Yilning avvalgi uç oyida Özbekistondagi Prezident xalq qabulxonalariga bölgan “eşik qoqişlar”ning eng köp sababi moliyaviy muammolar bölgan. Masalan, bolalar nafaqasi, aliment undiriş va bir martalik moddiy yordam masalasidagi murojaatlar fuqarolar tomonidan eng köp kiritilgan. 

Quyida yuborilgan dolzarb masalalarni köriş mumkin:

  • bolalar nafaqasi;
  • aliment undiriş;
  • bir martalik moddiy yordam oliş;
  • suriştiruv-tergov masalalari;
  • sodir etilgan huquqbuzarliklarga oid masalalar;
  • ijro hujjatlari böyiça qarz undiriş;
  • xotin-qizlarga bir martalik yordam körsatiş;
  • iş bilan taʼminlaş;
  • davolaniş va jarrohlik amaliyoti uçun kömak;
  • bajarilgan iş va körsatilgan xizmat haqini tölaş;
  • gaz ballonlarini töldiriş;
  • jinoyatlarga, jumladan, firibgarlikka oid xabarlar;
  • fuqarolik hamda jinoyat işlari böyiça sud hujjatlaridan eʼtirozlar;
  • içki yöllarni taʼmirlaş;
  • elektr taʼminotidagi uzilişlar va tarmoqlar holati;
  • kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş.

Mazkur axborotdan şakllangan portret orqali aholini qiynab turgan dolzarb masalalar bilan birga, tizimning qaysi jabhalari huquqiy va ijtimoiy jihatdan köp muammoli ekanini köriş mumkin.


Teglar:
×